MEHR-MURUVVAT OYLIGI MUNOSABATI BILAN TADBIR ÖTKAZILDI
Joriy yilning 30-noyabridan 30-dekabriga qadar mamlakatimizda “Mehr-muruvvat oyligi” deb eʼlon qilindi. Uşbu oylik doirasida imkoniyati çeklangan insonlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qiliş, ularning jamiyatga integratsiyasini jadallaştiriş, haq-huquqlarini himoya qiliş, uşbu mavzularga bağişlangan ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari ötkazilişi belgilangan.
Oylik davomida nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Amudaryo tumanida ham imkoniyati çeklangan insonlarga har tomonlama kömak beriş, ularning yaşaş, mehnat qiliş, öz qobiyatlarini nomoyiş etişga qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida köplab amaliy işlar qilinayotir.
18-dekabr kuni oylik munosabati bilan Amudaryo muhandislik texnikumida ham tumandagi Nogironlar jamiyati aʼzolari iştirokida “Öz huquqlaringizni bilasizmi?” deb nomlangan davra suhbati bölib ötdi. Unda tuman hokimligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, Adliya bölimi, Yoşlar işlari agentligi va boşqa taşkilotlar vakillari qatnaşdilar.
Tadbirda tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov nogironligi bölgan şaxslarning talim oliş, davolaniş, mehnat qiliş borasidagi xuquqlari 2020-yil 15-oktyabr kuni qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida” gi Qonunida öz ifodasini topganligini tuşuntirib ötdi. Şuningdek, sözga çiqqan boşqa masʼullar ham davlatimiz tomonidan nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar xususida söz yuritdilar.
Tadbir yakunida iştirokçilarga kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan sovğalar ulaşildi.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶