24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:40
Jamiyat 👁 255

Yangi yil bayrami oldidan dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga doir targʻibot ishlari olib borilmoqda

Yangi yil bayrami oldidan dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga doir targʻibot ishlari olib borilmoqda

Polizlarda yoz boʻyi yetilgan turli meva, sabzavotlar yo quritib, yo bankalarga joylab qish fasli uchun isteʼmolga tayyorlanadi. Bu inson hayoti uchun koni foyda mevalar, sabzavotlar qishga uy sharoitida gʻamlanganida baʼzan bodring, pomidor tuzlamalari, ikralar xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasa hayot uchun xavfli mahsulotga  aylanishi ham mumkin.

Shuningdek, savdo shoxobchalarida sotilayotgan buningdek mahsulotlarning sifatiga ham eʼtibor qaratish zarur.

Shu yilning 13-dekabrida tumanimiz markazi hududida joylashgan umumiy ovqatlanish, savdo shoxobchalari, maktabgacha taʼlim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish, sotish qoidalariga rioya qilinishi yaʼni ovqatdan zaharlanish - botulizm kasalligining oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot tushuntirish ishlari olib borildi. Ovqatdan zaharlanish - tarkibida organizm uchun zaharli moddalar boʻlgan ovqatni isteʼmol qilganda rivojlanadigan kasallik hisoblanadi. Ovqatdan zaharlanish ichida eng koʻp uchraydigani botulizm  kasalligidir.

Botulizm – oʻtkir yuqumli ovqatdan zaharlanish kasalligi boʻlib, oshqozon-ichak, markaziy nerv sistemasi, yurak qon tomir tizimini zararlash bilan kechadi.

Botulizm kasalligi uy sharoitida tayyorlangan pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikrasi va boshqa konserva, oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikka chalingan bemorda holsizlanish, koʻngil aynishi, qayd qilish, ogʻiz qurishi, koʻrishning xiralashishi, buyumlarning ikkita boʻlib koʻrinishi, koʻz qovogʻining osilishi, ovoz boʻgʻilishi kabi shikoyatlar kuzatiladi. Bunday hollarda bemor darhol shifokorga murojaat qilishi, davo muolajalarini olishi lozim.

Kasallikning oldini olishda fuqarolar - isteʼmolchilar doʻkonlardan konserva mahsulotlarini xarid qilish paytida mahsulotning muvofiqlik sertifikatini soʻrashi, mahsulotni ishlab chiqargan korxonaning nomi, sanasi, yaroqlilik muddatini koʻrib, isteʼmolga yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilib xarid qilishlari kerak. Har bir inson oʻz hayoti uchun eng avvalo oʻzi javobgar ekanligini anglab yetishlari lozim. Yaʼni, ovqatdan zaharlanish, botulizm kasalligiga chalinmaslikka ham har kim oʻzi intilishi kerak.

Botulizm kasalligining oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarida tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimining sanitariya va gigiyena boʻlimi mudiri Durbek Bobojonov oziq-ovqat mahsulotlari savdo doʻkonlarida sotuvchilarga, doʻkonga kelgan xaridorlarga bu haqda keng tushunchalar berdi.

Inson hayoti aziz. Uy sharoitida tayyorlangan korserva mahsulotlari, oziq-ovqat doʻkonlarida muddati oʻtib ketgan yo yaxshi saqlanmagan oziq-ovqat mahsuloti baʼzan inson sogʻligʻi buzilishiga, hayoti xavf ostida qolishiga sababchi boʻlishi mumkin.

Shu jihatdan qaraganda buningdek targʻibot tadbirlarining ahamiyati juda katta.

O.RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026