GENDER ZÖRAVONLIKKA JAVOBAN XIZMAT KÖRSATIŞNING STANDART OPERATsION IŞ TARTIBLARI BÖYIÇA SEMINAR-TRENING ÖTKAZILDI
Yaqinda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi binosida ötkazilgan mazkur seminar-treningda 49 ta fuqarolar yiğinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar böyiça örinbosarlari iştirok etişdi. Maşğulotni tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova, mutaxassis-trenerlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan işlaş bölimi boşliği Madina Turdimurodova, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyevalar olib borişdi.
Seminarda taʼkidlanganidek, 2020-yilda ayollarga nisbatan zöravonlikning har qanday turiga barham beriş, soğliqni saqlaş, içki işlar organlari, psixologik va ijtimoiy xizmatlar yönalişlari böyiça standart operatsion iş tartiblari işlab çiqildi. Bu böyiça qöllanmalar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oşiriş böyiça ikki bosqiçli treninglar va ularning monitoringlaridan keyin 2021-yilda çop etildi.
Idoralararo Standart operatsion iş tartiblarini respublika miqyosida amaliyotga tatbiq etiş maqsadida 1-3-dekabr kunlari davomida Özbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlaş masalalari böyiça komissiyasi, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Aholişunoslik Jamğarmasi bilan hamkorlikda, Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy kömagi ostida Toşkent şahrida soğliqni saqlaş, içki işlar organlari, psixologik va ijtimoiy xizmatlar yönalişlari böyiça mutaxassis-trenerlarni tayyorlaş yuzasidan treninglar ham ötkazilgan edi.
Tadbirda taşkilot markaziy tuzilmalar va 14 ta hududiy boşqarmalardan mutaxassis-trenerlar körsatilgan mezonlar böyiça saralab olindi. Ularga treningda olingan bilimlar asosida kalendar rejalar böyiça hududlarida öquv maşğulotlarini taşkil etiş va tuşunçalar beriş vazifasi yuklatildi. Şunga köra Qoraqalpoğiston Respublikasidan mana şu seminarda iştirok etgan 8 nafar soha vakillari tomonidan öz yönalişlari böyiça hududlarda xuddi şunday treninglar taşkil qilinmoqda.
Mazkur treningda qatnaşçilar şu kabi maʼlumotlar bilan birga gender va gender zöravonligi böyiça asosiy tuşunçalar, gender zöravonlikning jabrlanuvçisi kimligi, gender zöravonlikning sabablari va oqibatlari, bunday holatlarga javoban çoralar taqdim etiş mexanizmlari töğrisidagi taʼlim asoslari bilan tanişdilar. Trenerlar jabrlanuvçi bilan işlaşda kompleks yondaşuvning ahamiyatiga alohida töxtalib ötdilar.
Seminar iştirokçilari gender zöravonlik jabrlanuvçisi bilan bevosita işlaşda ijtimoiy xizmat taqdim etuvçilar uçun işlab çiqilgan va yetkazilgan hujjatdan foydalaniş haqida batafsil maʼlumot va tuşunçalarga ega böldilar.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶