14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:41
Fan va taʼlim 👁 167

49-SONLI MAKTABDA IJTIMOIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

49-SONLI MAKTABDA IJTIMOIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Aniq fuqarolik pozitsiyasiga ega, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qila oladigan, xalq hayotidagi  oʻzgarishlar, islohotlarda faol qatnashadigan, zamonaviy bilimlarga ega va keng tafakkurli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqitiladigan  ijtimoiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Boisi, bugungidek shiddatli jarayonlar kechayotgan, dunyoning turli  hududlarida urush-nizolar davom etayotgan, farovon hayotimizga rahna solishga urinayotgan gʻayri kuchlar mavjud ekan, voyaga yetayotgan har bir yigit-qizning  qalbiga Vatan mehrini, shu Vatan kelajagiga daxldorlik hissini singdirish oʻta muhim vazifa boʻlib qolaveradi. Bunda esa ijtimoiy fanlarning oʻqitilishi ulkan oʻrin tutadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi koʻrsatmasiga koʻra, yilning  dekabr oyi ijtimoiy fanlar oyligi, deya belgilangani ham bejiz emas.

Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham oylik doirasida turli tadbirlar oʻtkazilib, oʻquvchi-yoshlarning  fanga qiziqishlari oshishiga, yuksak axloqli, maʼnaviyatli boʻlib kamolga  yetishlariga harakat qilinayapti.

Shu yilning 11-dekabrida 49-sonli maktabda oylik doirasida ochiq dars va 8-dekabr mamlakatimiz Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Ochiq-darsda maktabning tarix fani oʻqituvchisi Gulchehra Botirova 7-sinfda jahon tarixi fanidan reja-taqvimga muvofiq kunlik mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Shundan keyin oʻquvchilarning darsni qay darajada oʻzlashtirganliklarini nazorat qilish uchun savollar bilan murojaat qildi. Bunda oʻquvchilar faollik bilan barcha savollarga javob berishdi. Kelgusi dars uchun topshiriqlar berildi. Muallim bu borada oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berdi.

Ochiq dars maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Otiyozov, ijtimoiy fanlar uslubbirlashmasi aʼzolari tomonidan kuzatib borildi va tahlil qilindi.

Shundan soʻng “Konstitutsiyamiz - baxtimiz poydevori” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbir boshlandi.

Tadbirni maktab direktori Shukurboy Oyimbetov ochdi va yigʻilganlarni sana munosabati bilan qizgʻin qutladi.

Mamlakatimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyasi, unda inson baxt-saodati, erkin mehnat qilishi, ilm olishi va hech kimdan kam boʻlmay yashashi uchun belgilab qoʻyilgan huquqiy mezonlar haqida maʼruza qilingach, oʻquvchilar Konstitutsiyamizga bagʻishlangan sheʼrlar, sahna koʻrinishlari ijro etdilar. Maktabning 6-sinfi oʻquvchilari ijro etgan raqs bayram ruhiga oʻzgacha koʻtarinkilik baxsh etdi.

Shuningdek, tadbirda “Mening Konstitutsiyam” “Mening Prezidentim” mazularida oʻtkazilgan insholar tanlovi, “Konstitutsiya mening taqdimda” nomli rasmlar tanlovi gʻoliblari ham aniqlanib, maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Tadbir oʻquvchilarning ijtimoiy fanlarga qiziqishlari oshishiga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019