22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:56
Fan va taʼlim 👁 310

15-SONLI MAKTABDA “BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARShIMIZ” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

15-SONLI MAKTABDA “BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARShIMIZ” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda 25-noyabrdan 10-dekabrgacha boʻlgan davr oraligʻida «Zoʻravonlikka qarshi 16 kun» shiori ostida turli targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tegishli tashkilotlarning masʼul xodimlari taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida xotin-qizlar bilan uchrashib, «Biz zoʻravonlikka qarshimiz», «Zoʻravonlikka qarshi 16 kun» mavzularida maʼruza va seminar-treninglar tashkil etildi.

Amudaryo tumanida ham barcha hududlarda xuddi shunday tadbirlar oʻtkazilib, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ayni kunlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berib borildi.

2-dekabr kuni 15-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari va maktab psixologlari qatnashdilar.

Tadbirda ishtirok etish uchun kelgan masʼullar maktab hovlisidan kutib olindi va ularga oʻquvchilar oʻzlari yod olgan Vatanni madh etuvchi sheʼrlarini ifodali aytib berdilar. Shundan soʻng, maktabning “Mehribonlik” deb nomlangan birinchi qavatida “Hayot goʻzal chunki unda men borman” mavzusida oʻquvchilar ishlagan turli suratlar va qoʻl mehnati mahsullaridan tashkil etilgan koʻrgazma tomosha qilindi. Maktabning ikkinchi qavatidagi “Zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik”, “Oʻzbekiston – Vatanim mening” burchaklarida esa turli xildagi zoʻravonlikni talqin qiluvchi suratlar bilan tanishdilar.

Maktabning uchinchi qavatidagi “Kechirish” deb nomlangan burchagi har kimni biroz toʻxtab, kimni, qachon xafa qilganini eslashga, shu insonni uchratganda undan kechirim soʻrash kerakligini anglashga, his qilishiga chorlaydigan qilib bezatilganligi bilan barchaga manzur boʻldi. Pozitiv, yaʼni “Mehr va tabassum” qavatida esa “Mening kayfiyatim”, “Orzular daraxti”, “Baxtli bolalik” kabi burchaklar tashkil qilingan. Tadbirga tashrif buyurganlar ushbu qavatdagilar bir-birlariga bolalikni eslatib xushkayfiyat, mehr ulashayotganlarining, orzu-umidlar roʻyobi uchun intilishga chorlayotganlarining guvohi boʻldilar. Maktabning 5-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan ertak terapiya mashgʻuloti ham barchaga nihoyatda manzur boʻldi.

Shundan soʻng, umumiy tadbir boshlab yuborildi. Tadbir davomidagi maʼruzalarda har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” ostida turli tadbirlar oʻtkazilishi, Oʻzbekistonda fuqarolarni zoʻravonlikdan himoyalash, har qanday zoʻravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda qatʼiy belgilab qoʻyilgani xususida soʻz yuritildi.  Shuningdek, zoʻravonlikka qarshi kurashish, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollarni reabilitatsiya qilish institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va milliy amaliyotga joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar namoyish etilganidan soʻng, “Tayoqcha soyabon oʻyini”, ”Yarashtirib qoʻyish rolli oʻyini”, ”Xalqadan oʻtish oʻyini” kabi trening mashgʻulotlar tashkil etildi. Trening mashgʻulotlar orqali oʻquvchilar qalbida kechirimlilik, rahmdillik, mehr-oqibat tuygʻulari, ular oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar mustahkamlashga erishildi.

“Biz zoʻravonlikka qarshimiz” nomi bilan oʻtkazilgan ushbu keng koʻlamli tadbir har bir ishtirokchida katta taassurot qoldirgani bilan nihoyatda ahamiyatli boʻldi.

M.Jumaniyozova, 15-sonli maktab psixologi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026