2-sonli maktabni 2001-yilda tamomlagan sinfdoşlar 20-yildan keyin yana maktabda uçraşdilar
Bolalik damlarini qömsab, olis yillar xotiralari oğuşida yaşaşning gaşti özgaça. Buni bolalikdagi döstlari bilan diydorlaşgan insonlar juda yaxşi bilişadi. Beğuborlik, rostgöylik, samimiylikdan çaroğon bolalik damlari ana şunday diydorlaşuv lahzalarida eski qadrdonlarni bir-birlariga yanada yaqinlaştiradilar. Örtadagi mehr-oqibat tuyğulari qadrdon döstlar diydoridan bahramand dillarga yanada samimiylik, jöşqinlik bağişlaydi.
Tumanimizdagi 2-sonli umumtaʼlim maktabini 2001-yilda bitirgan, 1984-yilda tuğilgan sobiq sinfdoşlarning 20-yildan keyingi “Diydor şirin” deb nomlangan uçraşuv marosimi ham nafaqat sobiq sinfdoş döstlar, balki ularning ustozlari uçun ham haqiqiy bayramona kayfiyat bağişladi.
Xuddi öquvçi darsga oşiqqani kabi sobiq sinfdoş döstlar erta tongdanoq qadrdon maktab ostonasiga qadam qöydilar. Bolalik davrlaridagi kabi bundan 20-yil avval taʼlim-tarbiya olgan, ustozlarining maroqli dars-maşğulotlarini tinglab, taʼsirlangan sinfxonalariga kirib, özlari uçun aziz partalarga ötirib, ustozlarini kutdilar. Sobiq sinf rahbarlari Yangiboy Allamberganov hamda Sobir Qodirovlar sinf jurnalini oçib, yöqlama qilişdi. Sobiq öquvçilarining xotiralarini sinovdan ötkazib, ularga savollar berişdi.
Şundan söng, “Diydor şirin” tadbirining maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy qismi boşlandi.
Unda maktab direktori Anvar Allamberganov sözga çiqib, sobiq sinfdoşlarni diydorlaşuv keçasi munosabati bilan samimiy tabrikladi. Şu bilan birga sobiq sinfdoşlarning hayotda erişgan va erişayotgan yutuqlari haqida quvonib söz yuritdi.
Öz navbatida sobiq sinfdoş döstlar ham bir-birlariga öz hayotlaridagi özgarişlar, ezgu işlari haqida gapirişib, erişayotgan yutuqlarida ustozlarining hissasi kattaligini, ularning ögit va nasihatlari ular uçun hayotda hamişa muhimligini taʼkidladilar.
Özlari taʼlim-tarbiya olgan, beğubor bolalik xotiralariga guvoh qadrdon maktab, sinfxonalarga bir-bir kirib, olis yillardagi jöşqin yoşlik, ösmirlik, bolalik damlariga qaytib, ustozlar suhbatidan yana bir bora bahramand böldilar. Şundan söng, sobiq sinfdoş döstlar özlariga ilk saboq berib, oq-qorani tanitgan birinçi ustozlari, marhuma Roza Abuovani eslab, uning porloq xotirasi uçun Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.
Bugungi kunda hayot gaştini surayotgan aziz ustozlari Hanifa Rajabova, sobiq matematika fani öqituvçisi Gulmirza Ahmedov va boşqa aziz ustozlariga sovğalar berişdi. Fayzli dasturxon yozilib, kuy-qöşiqlar oğuşida samimiyat hurmat-ehtirom, eʼtibor qulf urgan “Diydor şirin” uçraşuvi davomida sobiq sinfdoşlar özlari uçun hamişa qadrli hayot hikmatlarini örgatgan aziz ustozlari hamda hamişa muqaddas ilm maskani – 2-sonli maktab maʼmuriyati uçun mebel sovğa qildilar.
Uçraşuv tadbiri yakunida sobiq ustozlar va sobiq sinfdoş döstlar “Diydor şirin” uçraşuv keçasini taşkil etgan Botir Ismoilov, Dilşod Matsipov, Şuhrat Sultonov, Şukurullo Matyoqubov, Javlonbek Yusupov, Jörabek Sobirov hamda Ruslan Sobirovlarga çin dildan minnatdorçilik bildirdilar.
“Diydor şirin” uçraşuv tadbiri sobiq sinfdoşlar örtasidagi döstlik va qadrdonlik piştalarini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶