ADLIYa BÖLIMI TOMONIDAN XALQARO KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞ KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR TAŞKIL ETILDI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va Xalqaro korruptsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan tuman Adliya bölimi tomonidan aholi örtasida turli tarğibot tadbirlari taşkil etildi. Tadbirlarda mamlakatimizdagi yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirilib, fuqarolarning huquqiy tuşunçalari kengaytirildi.
Joriy yilning 2-dekabr kuni ham sana munosabati bilan tuman Mahalla va oilani qöllab-quvatlaş bölimi binosida Adliya bölimi va Içki işlar bölimi masʼullari iştirokida uçraşuv ötkazilib, huquqiy tuşunçalar berildi.
Maʼlumki, Prezidentimizning 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga köra yangidan qabul qilinayotgan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijroçilarga yetkaziş tuman adliya bölimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Şuningdek, aholining huquqiy savodsizligiga barham beriş borasida huquqni muhofaza qiluvçi va sud organlari bilan birgalikda tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiriş, «respublika – viloyat – tuman – mahalla» printsipi böyiça huquqiy tarğibot tadbirlarini taşkil etiş kabilar ham bölim masʼullari tomonidan taşkil etiladi.
Bu boradagi vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman Adliya bölimi tomonidan tumandagi davlat organlari va taşkilotlari bilan hamkorlikda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga yetkaziş, ularning huquqiy bilimlarini oşiriş maqsadida tarğibot tadbirlari amalga oşirib kelinmoqda.
Mazkur tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi, “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi Qonunlari, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslar yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, korruptsiya har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uçun ulkan tahdid ekanligi, u jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslarini yemirişi, odamlarning davlatga, boşqaruv idoralariga işonçini söndirişi, fuqarolarning jamiyat va davlat işlarini boşqarişdagi iştirokiga salbiy taʼsir körsatişi taʼkidlandi.
Şu bilan birgalikda ijro intizomini mustahkamlaş, berilgan vazifa va topşiriqlarni sidqidildan bajariş bugungi kunning muhim talablaridan ekanligi aytildi. Ayniqsa, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularga çek qöyiş, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlaş borasidagi vazifalarga alohida töxtalib ötildi.
Uçraşuvda iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga töliq, batafsil tuşuntirişlar berildi hamda ularning bu töğrisidagi fikr-mulohazalari, takliflari ham eşitildi.
Jamşid Bekmibetov, tuman Adliya bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶