BAXTIYoR VA FAROVON HAYoTIMIZ KAFOLATI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga köra bozor munosabatlarini rivojlantirişga qaratilgan Özbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil şakllardagi mulk taşkil etadi.
Davlat isteʼmolçilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qiliş erkinligini, barça mulk şakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilişini kafolatlaydi. Xususiy mulk boşqa mulk şakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilişi mumkin. Bu norma har fuqaroning mulkdor bölişi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqini kafolatlaydi.
Tadbirkorlik faoliyatini olib boriş uçun davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga keng yöl oçib berildi.
Jumladan, amaldagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunga asosan tadbirkor öziga tegişli mol-mulkka egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etiş, mustaqil ravişda işlab çiqariş dasturini şakllantiriş, mahsulot yetkazib beruvçilarni va öz mahsulotining isteʼmolçilarini tanlaş, tadbirkorlikdan çeklanmagan miqdorda daromad oliş va uni öz ixtiyoriga köra tasarruf etiş, öz mahsulotini işlab çiqariş, mustaqil ravişda belgilanadigan narxlar va tariflar böyiça yoki şartnoma asosida realizatsiya qiliş, binolar, inşootlar, uskunalar va boşqa mol-mulkni oliş yoki ijaraga oliş, belgilangan tartibda taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşirişi mumkin.
Şuningdek, uşbu qonunga köra davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barça mulk şakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilişini taʼminlaydi.
Konstitutsiyamiz barça fuqarolar, şu jumladan, tadbirkorlar huquqlarini kafolatlovçi muhim hujjatdir. 8-dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun barçaga qutluğ bölsin!
A.TOJIBOYeV,
tuman Yuridik Xizmat körsatiş markazi boş yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶