21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:41
Jamiyat 👁 2,213

Diniy qadriyatlarimiz toptalgan QORA KUNLAR

Diniy qadriyatlarimiz toptalgan  QORA KUNLAR

Hammamiz yaxshi bilamizki, muqaddas islom dinimiz asrlar davomida butun dunyo xalqlarini mehr-oqibatli, xayr-saxovatli, boʻlishga undab kelgan. Ayniqsa, muqaddas dinimizda inson xotirasiga alohida hurmat bilan qaraladi. Vaholanki, sobiq ittifoq davrida ana shunday insonparvar, xalqparvar va adolatpesha dinimizni eskilik sarqiti, xurofot deb baholab, xalqimizni imon-eʼtiqodidan mahrum qilishga ochiqdan-ochiq urinishlar boʻlgani ayni haqiqat. Sobiq tuzum mafkurasi mayyitlarni qabrga qoʻyishdan oldin jamoat oldida yuzini ochib qoʻyib, mitinglar oʻtkazib, tobut ustida diniy maʼrifatga zid maʼruzalar (janoza emas!) oʻqib, mayyitlarning ruhlarini chirqiratib, dafn marosimlari oʻtkazishga millatimizni majburlashgacha borib yetdilar. Ana shunday ruscha mitinglar, dafn marosimlari Mangʻit shahrining "Besh gujum” dahasida, tumanimizning koʻpchilik ovullarida ham oʻtkazilganini koʻpchilik biladi. Bundan tashqari, masjidlarga tegishli mulklar musodara etilib, sotuvga chiqarib yuborildi, oʻtgan asrning 20-30-yillarida "Kurashchan xudosizlar ittifoqi" degan uyushma, Toshkent shahrida dinga qarshi targʻibot muzeylari faoliyat olib borardi.

Bu nimani bildiradi?

Albatta, bu - birinchidan, diniy-axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni kamsitish boʻlsa, ikkinchidan, millatni erkidan, imon-eʼtiqodidan mahrum manqurtlarga aylantirishga oshkora urinish edi.

Diniy bayramlar – qurbon hayiti va ramazon hayitlari azal-azaldan xalqimizni mehr-muruvvat, oʻzaro oqibat, imon-eʼtiqod, xayr-saxovat tamoyillariga sadoqat tuygʻulari ila birlashtirib kelgan muborak sanalarki, aynan ana shu bayram kunlarida insonlar gina-kuduratlarni unutib, bir-birlariga yaxshi, samimiy tilaklar tilagan holda maʼnan birlashadilar. Dinimizning kamsitilishi – xalqimizning ana shu asrlar osha shakllangan maʼnaviy birlik kamolotiga qarshi qaratilgan xuruj boʻldi.

Ming shukurki, 23-yildan beri hur va ozodmiz. Vijdon va eʼtiqod erkinligi, diniy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tamoyillari Konstitutsiyamiz orqali mustahkam kafolatlangan. Atrofimizdagi goʻzallikka, erkinlikka, oʻzgarishlarga, xalqimizning ahilligi va birodarligiga, hayotimizdagi toʻkin-sochinlikka shukronalar aytaman. Ilohim, barchalarimizni Yaratganning oʻzi qoʻllab, rushdu hidoyatga boshlasin, koʻngillarimizni imon nuri bilan munavvar aylasin.

Abdurahmon Abdukarimov,

"Qarshili xoʻja” jomʼe masjidi imom-xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026