24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:09
Jamiyat 👁 240

BOSh QOMUSIMIZ QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR OʻTKAZILDI

BOSh QOMUSIMIZ QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR OʻTKAZILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Har bir davlat oʻzining taraqqiyot va rivojlanish yoʻlini oʻzining Asosiy Qonunida mustahkamlab qoʻyadi. 1992-yilning 8-dekabrida respublika Oliy Kengashining sessiyasida mustaqil davlatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.

Mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrlarida Qabul qilingan Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlari belgilab berilgan.

Bosh Qomusimiz jinsi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarni tengligining kafolatlanishini eʼtirof etadi.

Shu boisdan Asosiy Qonunimizni ulugʻlab, har tomonlama chuqur oʻrganib, unga izchil amal qilish barchaning sharafli burchidir.

Fuqarolar erkin, baxtli va osoyishta yashashi, munosib sharoitlarda mehnat qilishi, keksaygan chogʻida ijtimoiy taʼminot olish kabi huquqlari kafolati hisoblanmish Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun har yili yurtimizda ulkan tantalar bilan nishonlanadi.

Joriy yilning 7-dekabr kuni tuman Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida  “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” deb nomlangan tadbir ham aynan ushbu sanaga bagʻishlandi.

Tadbirga tuman hokimligi masʼul xodimlari, huquqiy muhofaza qiluvchi organlari, korxona, tashkilotlar rahbarlari, mehnatda ulkan yutuqlarga erishayotgan yoshlar, jamoatchilik faollari taklif etildi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, mamlakatimizda nishonlanayotgan muhim sana – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi bilan barchani qizgʻin qutladi va mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar hayotida ushbu muhim hujjatning nechogʻlik ulkan ahamiyatga ega ekanligi xususida gapirdi. Barchani shunday tinch va osoyishta, dorilomon hayotni qadrlab, oʻzaro ahillikda yashashga chaqirdi, bugungi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlab, ularda fidoyilik bilan ishtirok etishga chaqirdi.

Shundan soʻng tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni yurtimiz taraqqiyotining poydevori, tinch va farovon kunlarimiz asosi boʻlgan asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yillik bayrami bilan qizgʻin qutladi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Qoraqalpogʻiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi va bayram tantanalari boshlandi.

Bosh Qomusimiz  –  bu istiqlol va mustaqil Oʻzbekiston ramzi, gʻurur-iftixori, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi va tilidan qatʼi nazar, barcha uchun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyati istiqbolini belgilab beruvchi dasturilamal hujjatdir. 

Oʻtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay oʻzgargani, har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

Ana shu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqda.

Bayram tadbiridagi musiqiy dasturdan oʻrin olgan yurtimizni, baxtiyor hayotni, tinchlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, raqslar barchaga zavq bagʻishladi.

Tuman Madaniyat boʻlimi xodimi Nasiba Eshchanova stsenariysi asosida tayyorlangan bayram dasturi ishtirokchilarga manzur boʻldi.

Bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan bayram tadbirlari tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlarda, ovul va mahallalarda davom etmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026