24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:02
Jamiyat 👁 397

Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulidan reportaj

Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulidan reportaj

Soʻnggi yillarda tumanimiz ovul va mahallalari obod va farovon goʻshalarga aylanib bormoqda. Aholining moddiy-maʼnaviy rivojlanish darajasi yuksalib, yangi-yangi infratuzilma obʼektlari qurilib, qishloqlar, mahallalar koʻrkiga-koʻrk qoʻshmoqda.

Amudaryo tumanidagi Bobur nomli ovulda yashovchi aholi doimiy turgʻun xalq boʻlib, mazkur qishloqning oʻziga xos tarixi, taraqqiyot tamoyillari mavjud. Qishloqning qaysi bir xonadoniga bormang, ularning barchasida oʻzlari tugʻilib-oʻsgan zaminga mehr-muhabbati biland, qalblari faxr-u iftixorga toʻla insonlarni uchratasiz. 1223 ta oilaga birlashgan 4521 nafar aholining asosiy qismi oʻzbek millatiga mansub boʻlsa-da, ushbu tabiati oʻziga xos, betakror zaminni jonday aziz Vatan bilib, shu el obodonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan qoraqalpoq, qozoq, turkman, boshqird millatlarining xuddi bir oila farzandlariday ahil-inoqligi tahsinga munosib.

Ayni paytda Bobur nomli ovulda istiqomat qiluvchi aholining 1811 nafari tumandagi turli korxona va tashkilotlarda mehnat qilishadi. 113 nafar kishi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Xususan, 27 nafar kishi savdo-sotiq yoʻnalishida, aholining 23 nafari chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik yoʻnalishlarida, 34 nafari tadbirkorlikning boshqa sohalarida oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishgan.

Bugungi kunda 384 nafar uyushmagan aholi vakillari mavsumiy ishlarga jalb qilinib, bandligi taʼminlangan. Shunday boʻlsa-da, ovul aholisining doimiy ish bilan bandligini taʼminlash boʻyicha fuqarolar yigʻini Kengashi aʼzolari  tomonidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, hududdagi tadbirkorlar tomonidan yangi ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholining asosiy qismi hududdagi 9 ta fermer xoʻjaliklarida ijara-shartnomalari asosida mehnat qilishadi. Ovul aholisi farzandlarining munosib taʼlim-tarbiya olishlari uchun 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 3 ta umumtaʼlim maktabida barcha sharoitlar yaratilgan. Zamon talablari darajasida jihozlangan madaniyat markazi, sport maydonchalari, maktablar huzuridagi va mahallalardagi kutubxonalarda zarur shart-sharoitlar mavjud.

Shuningdek, ovuldagi Seytovul, Nukusovul, Qoʻngʻirotovul mahallalarida 9 ta savdo shoxobchalari, 2 ta dorixona, oilaviy poliklinika xizmatidan aholi mamnun.

Qishloqdagi 823 ta xonadonning oʻz tomorqa yeri bor. Tomorqa yer egalari umumiy 110 gektar maydonda dehqonchilik qilishadi. Shundan 216 ta  xonadonning dala tomorqa xoʻjaligi mavjud. Deyarli har bir tomorqa xoʻjaligiga ega xonadonning oʻz chorvasi, parrandasi bor. Hudud aholisining 175 nafari esa asalarichilik yoʻnalishini yoʻlga qoʻyishgan. 22 ta xonadonda esa yengil sigʻimli issiqxona xoʻjaligi tashkil etilgan.

Soʻnggi yillarda qishloqdagi bir necha infratuzilma obʼektlari qurilib, keng koʻlamli obodonlashtirish-koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, qishloqning markaziy koʻchasiga  tungi chiroqlar oʻrnatilib, tuman markaziga  avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, aholiga 2 ta tozalangan suv yetkazib berish, 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari qurilib, foydalanishga  topshirildi. Qoʻngʻirotovul mahallasi hududida yangi imorat qurib, koʻchib oʻtgan 27 ta xonadon tomorqalarini suv bilan taʼminlash uchun yangidan ariq qazib berilib, hududni yashil makonga aylantirish maqsadida 211 tup igna bargli daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, 1 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ishga tushirilib, Seytovul mahallasiga yangidan imorat qurib, koʻchib kelgan aholiga qulaylik yaratilib, yoʻllar tartibga keltirildi. Qoʻngʻirotovul mahallasidagi 2 ta yangi koʻcha tartibga keltirildi va salkam bir chaqirim uzunlikdagi yoʻl koʻtarilib, shagʻal-tosh yotqizildi.

Qishloqda ijitmoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlagan va xalqqa qulaylik yaratib, manfaat yetkazayotgan insonlar talaygina.

Biz ijodiy guruhimiz bilan qishloqda boʻlganimizda “Akfa plast” mahsulotlari ishlab chiqarish, issiq non yopish, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻyib, eldoshlari uchun zarur qulayliklar yaratib, munosib xizmatlari orqali xalq olqishiga sazovor boʻlayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Xususan, “Akfa plast” mahsulotlari ishlab chiqarish orqali eldoshlari uchun qulaylik, oilasi uchun zarur daromad manbaini yaratgan tadbirkor Oybek Yerjanov oila aʼzolari va shogirdlari bilan birgalikda ishlab chiqarayotgan zamonaviy eshik va deraza romlari sifatliligi hamda koʻrkamligi bilan xaridorgir.

“Bahrom-Lolagul” koʻptarmoqli masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Bahrom Yoʻldoshev ham oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan hamqishloqlarining hurmatiga sazovor boʻlgan. Mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi koʻp tarmoqli firma tomonidan ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlari ayni paytda qoʻshni ovul va mahallalar aholisiga ham manzur boʻlmoqda.

Tadbirkor Tursunboy Qulimbetov  esa qoʻli gul usta. U yasagan mebel jihozlarining xaridorlari ham talaygina. Tursunboy Kulimbetov va uning shogirdlari tayyorlagan turli bichimdagi uy jihozlari, avvalo hamqishloqlarining, qolaversa, tumanimizdagi koʻplab mijozlarining xonadonlari koʻrkiga-koʻrk qoʻshib turganidan xursand.

Qishloqda keksa avlod vakillariga alohida ehtirom koʻrsatilib, ularning ahvolidan tez-tez xabar olib turiladi. Hayotining eng navqiron davrini el-yurt farovonligi yoʻlida xizmat qilishdek sharafli ishga bagʻishlagan, ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida katta yoshlilar bilan birga mehnat qilgan 90 yoshli Karimboy ota Quliboyev hamda Omongul momo Seyitmamutovalar bugungi kunda hamqishloqlarining faxr-u iftixoriga aylanishgan. Ovul masʼullari tez-tez bu pir-u badavlat otaxon va onaxon huzurida boʻlishib, ularning hayot hikmatlariga toʻla suhbatlaridan bahramand boʻlishadi. Nuroniy keksalarning koʻngillarini koʻtarish maqsadida bayramlarda hadyalar ulashadilar.

Yana bir tadbirkor Nizomaddin Qulimbetov xonadonida boʻlsangiz, albatta sizni qishin-yozin, xushboʻy  limonli choy bilan siylashadi. Oʻz tomorqa yerida 3,5 sotix yengil sigʻimli issiqxona xoʻjaligini tashkil qilgan Nizomaddin ogʻa 50 tup noyob limon ham oʻstirgan. Ayni paytda shigʻil mevaga kirgan limon daraxtlarini koʻrgan kishining koʻzi quvnab, dilida havas uygʻonadi. Issiqxona xoʻjaligidan oilasi byudjetiga tushayotgan daromaddan esa Nizomaddin ogʻaning koʻngli toʻq. Koʻngil toʻqligi – oila farovonligi, farovonlik esa hayotdan rozi yashash sari yoʻldir.

Qishloqdagi 86-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchisi Qahramon Soburov esa ovul yoshlarining yetuk va bilimdon insonlar boʻlib yetishishlarini taʼminlash orzusida maktabda matematika toʻgaragini tashkil qilgan. Hisob ilmini oʻrganishni niyat qilgan oʻquvchi-yoshlarni atrofiga jamlab, barcha fanlarning kaliti boʻlgan matematika sirlarini shogirdlariga erinmay oʻrgatayotgan Qahramonning shogirdlari orasida maktabdagina emas, balki tuman va respublika miqyosida oʻz kasbidan kamol topib, el-yurt hurmatini qozonayotgan yoshlar talaygina.

Yana bir fidoyi tadbirkor Maqsudaxon esa oʻzining chevarlik hunari bilan hamqishlovlarining talab va ehtiyojlariga munosib xizmat koʻrsatayotganidan mamnun. Maqsudaxon tikkan liboslarni sevib-sevib kiyadigan mijozlari esa undan minnatdor.

Bugungi kunda Bobur nomli goʻzal bu qishloq ahli ana shunday, fidoyi, biri-biridan mehnatkash, elim, yurtim, oilam baxti, farovonligi deb yashab, mehnat qilayotgan farzandlari borligidan mamnun va minnatdor yashashga haqli. Chunki bu qishloqning har bir xonadoni, har qarich yeri ular uchun aziz, muqaddas. Ana shu tuygʻu qishloq ahlini yanada ezgu maqsadlar sari undayveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026