ÇOYKÖL OVULIDA FHDYo BÖLIMINING SAYYoR YIĞILIŞI ÖTKAZILDI
17-noyabr kuni bölib ötgan yiğilişda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimining xotin-qizlar va oila masalalari böyiça boş mutaxassisi G.Çimboyçiyeva, tuman FHDYo bölimi masʼullari, Çoyköl ovul fuqarolar yiğini masʼullari va faollari qatnaşişdi.
Yiğilişda şu kungaça tuğilganligi röyxatga olinmagan bolalarni aniqlab, öz vaqtida röyxatga olib hujjatlarni topşiriş çoralarini köriş, oila muqaddasligi, fuqarolarning qonuniy nikohi qayd qilinişi natijasida vujudga keladigan huquq va majburiyatlari töğrisidagi, yoş kelin-kuyovlar örtasida qonuniy nikohdan oldin tibbiy körikdan ötişning afzalliklari haqida, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori ijrosi haqidagi masalalar körib çiqildi.
Undan taşqari, yoşlarimiz va kelin-kuyovlarimiz, qonuniy nikohdan vaqtida ötiş, şaʼriy nikohda yaşaşga yöl qöymaslik, ajrim yoqasiga borgan oilalarni saqlab qoliş kabi masalalar tilga olindi. Nikohlanuvçi yoş kelin-kuyovlar bilan ötkazilayotgan tarğibot işlari haqida söz yuritilib, mahallada maʼnaviy barqarorlikni taʼminlaş, qonuniy nikohni qayd qiliş va uning afzalliklari, otalikni beglilaş, yolğiz ona holatlarini kamaytiriş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş, tuğilganlikni hamda ölim holatlarini vaqtida qayd etilişi yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar haqida ham söz yuritildi.
Yiğiliş iştirokçilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Nabira Öngarova, tuman FHDYo bölimi iş yurituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶