24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:02
Jamiyat 👁 221

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI”NING BIRINChI OʻN KUNLIGIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI”NING BIRINChI OʻN KUNLIGIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiya aʼzolari yigʻilishini Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha komissiya raisi Nodirbek Kamolov ochdi va olib bordi.

Yigʻilishda Amudaryo tumani hududida oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi”da amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tuman komissiyasi hamda Favkulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish hududiy quyi tizimi tomonidan 2021-yilning 15-noyabrdan 25-noyabrgacha davri mobaynida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha Amudaryo tumanida ham qator tadbirlar amalga oshirildi.

Amudaryo tumani Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Moliya, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimlari, Tibbiyot birlashmasi, Milliy gvardiya, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi, tuman Telekommunikatsiya tarmogʻi, Elektr taʼminoti korxonasi hamda Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi boʻlimlarida Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida qator tadbirlar oʻtkazilib, yongʻin kelib chiqishining oldini olish bilan bogʻliq targʻibot ishlari amalga oshirildi. “Mangʻit dehqon bozori” hamda “Mangʻit buyum bozori”da “Yongʻin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok etishga daʼvat etuvchi  bannerlar tayyorlanib, koʻrinarli joyga ilib qoʻyildi.

“Yongʻin xavfsizligi oyligi”ning dastlabki oʻn kunligi davomida 1095 ta aholi yashash xonadonlari koʻzdan kechirilib, 311 ta holatda kamchiliklar aniqlandi va aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi. Tadbir davomida 19 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, shulardan 5 tasi mahallalarda, 14 tasi davlat tasarrufidagi obʼektlarda amalga oshirildi. Shuningdek 10 ta davlat tasarrufidagi obʼektlarning yongʻin xavfsizlik holati tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuqori turuvchi organlarga axborotnoma va taqdimnomalar kiritildi. Mazkur obʼektlarning tunda qorovullar qoladigan maskanlarida tungi tekshiruvlar olib borilib, qorovul va oʻtyoqarlarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarning tahlili, kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yongʻin kelib chiqishi, oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, qarovsiz hayvonlar tishlashidan jabrlanish, shuningdek yoʻl-transport hodisalari va kommunal tizimlardagi halokatli holatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarga aholini jalb etish maqsadida aloqador tashkilot va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, faoliyati yoʻlga koʻyildi.

Ishchi guruhlar tomonidan shu kunga qadar tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini oʻrganish hamda dudburon va shamollatish kanallarining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish, ovqatdan zaharlanish va quturish kasalligining oldini olish boʻyicha tuman hududidagi mahallalarda oʻrganishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga qaramasdan, kuz-qish mavsumida sertifikatlanmagan isitish jihozlaridan foydalanish, tabiiy gaz va muqobil yoqilgʻi turlaridan hamda isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, dudburonlardagi nosozliklar, gaz, elektr va issiqlik taʼminoti tizimlarini mavsumga tayyorlash ishlari talab darajasida amalga oshirilyotgani baʼzi hollarda favqulodda vaziyatlarning sodir boʻlishiga sabab boʻlmoqda.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan masʼullar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalar texnologik jarayonida roʻy berishi mumkin boʻlgan halokatli hodisalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday obʼektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, 2021-2022-yillarning kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida, muhandislik-kommunikatsiya va kommunal xizmat koʻrsatish sohalarining bir meʼyorda va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, aholi xonadonlaridagi, shu jumladan koʻp kvartirali uy-joylardagi elektr, gaz va issiqlik taʼminoti qurilmalari, isitish qozonlari, dudburonlar va shamollatish tizimlarining holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda koʻriklar davomida kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish, fuqarolarning is gazidan zaharlanishining oldini olish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, aholi oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish lozimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, koʻp kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylar, ishlab chiqarish korxonalari, bozorlar, yirik savdo majmualari hamda aholi koʻp toʻplanadigan boshqa obʼektlarda mavsumiy favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha qator takliflar bildirildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026