24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:03
Jamiyat 👁 161

SUDLAR FAOLIYaTI TAKOMILLAShMOQDA

SUDLAR FAOLIYaTI TAKOMILLAShMOQDA

Amudaryo tumanida ham Jinoyat ishlari hamda Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar yangi va zamonaviy koʻrinishdagi binoda faoliyat olib bormoqda. Barcha zarur sharoitlar yaratilgan 2 qavatli sud binosida zamonaviy texnika vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratilgan. Sudyalarning har biriga hamda xodimlar uchun alohida xonalar, maslahatxona, advokat va prokurorlar uchun ham xonalar ajratilgan boʻlib, buning natijasida ishdagi samaradorlik ortmoqda.  Binoda video konferentsiya aloqasi ham mavjud boʻlib, bu qulaylik masofadan turib sud ishlarini olib borishda qoʻl kelmoqda. Ushbu videokonferentsaloqa tizimi sudning adolat mezonlari asosida faoliyat yuritishiga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga jami 118 shaxsga nisbatan 80 ta jinoyat ishi kelib tushgan. Shundan 78 shaxsga nisbatan koʻriladigan 60 ta ish koʻrib tamomlangan, 13 shaxsga nisbatan koʻriladigan 10 ish noyabr oyiga qoldirilgan. 57 ishga koʻra 86 shaxsga nisbatan jazo tayinlanib, hukm chiqarilgan. Shuningdek, oʻtgan 10 oyi davomida 52 shaxsga nisbatan yoshlarga oid 30 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlandi. Taraflar yarashganligi munosabati bilan 24 shaxsga nisbatan 23 ta ish tugatildi. Sayyor sud majlislarida 28 ta jinoyat ishi koʻrildi.

Undan tashqari, 1193 nafar shaxsga nisbatan 1022 ta maʼmuriy ishlar kelib tushgan edi. Shundan 869 ishga koʻra 1006 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanildi. Ayrimlariga nisbatan qoʻshimcha jazo, yengilroq jazo tayinlangan boʻlsa, ayrimlari tegishli tartibda tugatildi. Sayyor sud majlislarida 332 ta ish koʻrildi.

24-noyabr kuni “Gulzor” mahallasi fuqarolar yigʻini binosida sudyalar ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. «Korruptsiya rivojlanishga toʻsiq» mavzusidagi ochiq davra suhbati tarzida oʻtkazilgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maʼmuriy sudi sudyasi Rahima Xudoyberganova, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrozboyev, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi Bayram Bekmuradov, Amudaryo tumani prokurori yordamchisi Abbaz Niyozimbetov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Muxtor Rahmatullayev, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi mutaxassisi Mansur Matyusupovlar ishtirok etdilar. Tadbirda mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida 9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni deb belgilangani, korruptsiyaning davlat jamiyat rivojiga toʻsiqligi, korruptsiya bilan bogʻliq jinoyat ishlarning tahlili, bu illatga qarshi kurashish uchun har bir shaxsda immunitet shakillantirish lozimligi xususida soʻz yuritildi. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korruptsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari, huquqiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Ushbu illatning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda jamiyatning rivojlanish negiziga salbiy taʼsiri xususida alohida toʻxtalinib, ushbu illatga har birimiz doimo hushyor boʻlgan holda qarshi kurashishimiz zarurligi taʼkidlandi.

Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sudlarni jazolovchi organ emas, balki inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoyalashga xizmat qiladigan mustaqil tizimga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning natijasida sudlar chinakam maʼnodagi “Adolat qoʻrgʻoni”ga aylanmoqda va fuqarolarning mazkur tizimga boʻlgan ishonchi yanada ortmoqda.

J.Oʻrozboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sud raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026