FAN OLIMPIADALARINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI VA ULARNING USTOZLARI TAQDIRLANDI
Umutaʼlim maktablarida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalariga nomzodlarni saralash uchun oʻtkaziladigan asosiy olimpiadaning tuman bosqichida yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilar va ularning ustozlari tuman hokimligi, Xalq taʼlimi boʻlimi va maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildilar.
Shu munosabat bilan 36-sonli maktabda ham xalqaro fan olimpiadalarining tuman bosqichi gʻoliblari va ularning ustozlariga faxriy yorliqlar topshirildi. Maktabning 9-sinf oʻquvchilari Sarvinoz Najmiddinova, Oltinoy Jumaboyeva, 11-sinf oʻquvchisi Mashhura Ozodboyevalar asosiy olimpiadaning tuman bosqichida yuqori natijaga erishganligi, fan asoslarini oʻrganishdagi jonkuyarligi, taʼlim-tarbiya olish jarayonidagi namunali xulqi hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun tuman Xalq taʼlimi boʻlimining faxriy yorligʻi va maktab maʼmuriyatining sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ularning ustozlari maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Rayhon Qalandarova, qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Nasiba Odilovalarga oʻquvchilarni xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarga nomzodlarni saralash, Oʻzbekiston terma jamoasini shakllantirish, terma jamoa aʼzolarini tayyorlash, taʼlim-tarbiya berish jarayonidagi namunali pedagogik faoliyati uchun tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Maktab direktori Qahramon Nurimbetov faol pedagog va oʻquvchilarga ushbu tashakkurnoma va faxriy yorliqlarni sovgʻalar bilan topshirib, kelgusidagi bosqichda ham gʻolib boʻlishlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶