36-SONLI MAKTABDA KITOBXONLIK HAFTALIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻTKAZILDI
Mamlakatimiz boʻylab umutaʼlim maktablarida 22-27-noyabr kunlari “Kitobxonlik haftaligi” deb joriy etildi. Shu munosabat bilan taʼlim maskanlarida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
36-sonli umumtaʼlim maskanida ham haftalik doirasida oʻquvchilarni kitobxonlikka jalb etish maqsadidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda. Oʻquvchilar oʻrtasida zakovat oʻyinlari, sevimli badiiy asarlar, sevimli qahramonlar haqidagi suhbatlar, viktorinalar, kitoblar koʻrgazmalari tashkil etilib, kitobxonlikka yanada qiziqishlari oshirilmoqda.
Ayniqsa, maktab kutubxonasida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”, “Kutubxonaga sayohat” kabi tadbirlar davomida oʻquvchilar turli mavzulardagi kitoblar bilan tanishdilar. Maktab kutubxonachisi Nazokat Saʼdullayeva oʻquvchilarni kutubxonadagi kitoblar haqida maʼlumot berdi. Kutubxonaga aʼzo boʻlmagan, maktabga yangi kelgan oʻquvchilarni aʼzolikka qabul qildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar kutubxonaga yangi kelgan badiiy kitoblar, sevimli yozuvchilarning yangi asarlari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶