“XAVFSIZ TUN” REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizning barcha hududlaridagi yangilanishlar, oʻzgarishlar, barcha sohalardagi rivojlanishlar asosi tinchlik-osoyishtalik ekanligi barchaga ayon.
Yurtdoshlarimiz hayoti sifati tobora oshib, turmushi farovonlashayotgani barchamizni quvontiradi. Biroq ana shunday dorilomon kunlarning qadriga yetmaydigan, jamiyatdagi mavjud qonun-qoidalarni mensimaydigan turli huquqbuzarliklar sodir etayotgan shaxslar ham uchrab turishi bor gap.
Ichki ishlar tizimi xodimlari jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqimiz tinch-osoyishtaligini saqlash borasida tizimli ishlar olib borishmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koʻrsatmasiga binoan mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz tun” reyd tadbirlari ham shu maqsadga qaratilgan.
Tumanimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, yurtdoshlarimizning hayoti osuda va tinch boʻlishini taʼminlashga xizmat qiluvchi shunday tadbirlar qatʼiy tartib-intizom asosida oʻtkazilmoqda.
Shu yilning 23-24-noyabr kunlari Mangʻit shahri, Xitoy, Kuyuk koʻpir ovullari hududlari boʻylab oʻtkazilgan “Xavfsiz tun” reyd tadbirlariga Ichki ishlar vazirligining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-safarbarlik guruhidan 11 nafari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlimi batalon xodimlaridan 4 nafari, Ichki ishlar vazirligi Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlaridan 11 nafari va tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika inspektorlari, yoʻl harakati xavfsizligi, post-patrul xizmati, jamoat tartibini saqlash guruhi inspektorlari qatnashdilar va 5 yoʻnalishda tungi vaqtlarda ish olib bordilar.
Reyd tadbirlari davomida hududlarda 154 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shularning 5 tasi mast holatda transport vositasini boshqarish, 16 tasi tegishli hujjatlari mavjud boʻlmagan holatda transport vositasini boshqarishdir. Bu holatlarda boshqarilgan transportlar vaqtincha jarima maydoniga qoʻyildi.
Tadbir davomida koʻchalarda yurgan 19 nafar mast holatdagi fuqarolar aniqlandi va tuman Ichki ishlar boʻlimiga olib kelinib, profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Shuningdek, koʻchalarda bemaqsad yurgan 98 nafar fuqarolar hududlardagi tayanch punktlarga olib kelinib vaqtlarini foydali ishlarga sarflash, nooʻrin koʻchalarda toʻplanib turmaslik, noqonuniy xatti-harakatlar qilmaslik lozimligi tushuntirildi. Koʻchada yurish-turish qoidalarini buzganligi uchun 3 nafar fuqarolar maʼmuriy qamoqqa olindi. Spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan 3 nafar fuqarolar davolanish mussasasiga yotqizildi.
Tadbirlar davomida tumandagi jamoat joylari, savdo obʼektlari, koʻngilochar joylar va boshqa jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarlarga eʼtibor qaratilib, nazoratga olindi. Fuqarolar orasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borish davomida bozorlardagi savdo shaxobchalariga, hamda boshqa tadbirkorlik subʼektlariga qarashli obʼektlarga kuzatuv kameralari oʻrnatish, tavsiya etildi. Kuzatuv kameralari jinoyatchilikning oldini olishda va sodir etilgan jinoyatlarning oʻz vaqtida ochilishida muhim ahamiyatga egaligi, obʼektlarning qoʻriqlash pultiga ulanishi jinoyatchilikning sezilarli kamayishiga olib kelishi tushuntirildi.
Buningdek reyd tadbirlari davom etmoqda.
O.Qosimov, tuman IIB XPB boshligʻi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶