14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:26
Fan va taʼlim 👁 224

2-sonli maktabda “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi

2-sonli maktabda “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi

Tumaniizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi asosida tumanimizning barcha joylarida davra suhbatlari, madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Loyiha tashkilotchilari tomonidan bu tadbirlarga har bir mahallaning faol yoshlari, yosh ijodkorlar taklif etilib ular tomonidan aholi oʻrtasida grant loyihaning mazmun-mohiyati va ahamiyati, loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar va ulardan kutilayotgan natijalar haqida suhbatlar olib borilmoqda, fikr-mulohazalar bildirilib, amaliy takliflar oʻrtaga tashlanmoqda.

Ana shunday mazmundagi navbatdagi davra suhbati tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 2-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazildi. “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish” maqsadida  oʻtkazilgan davra suhbatiga maktabning faol oʻquvchilari, oʻqituvchilari taklif etildi.

Yigʻilganlar oldida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov chiqib gapirib respublikamizning barcha joylaridagi kabi tumanimizda ham yoshlarning chuqur  bilim olishi, kelajakda oʻzlari sevgan kasb egasi boʻla olishlari, ijodiy ishlar bilan faol shugʻullanishi, bor iqtidorini namoyish etib, komil inson boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Haqiqatdan ham insonning ichki dunyosi boy, maʼnaviy tushunchasi keng boʻlsagina taraqqiyotga erishadi.

Sogʻlom tanda sogʻ aql deb bejiz aytishmagan. Sogʻ tanda sogʻ aqlga ega inson buyuk ishlarni yaratishga qodir boʻla oladi.

Davra suhbati ishtirokchisi, faxriy shifokor Tojiboy Bozorboyev davra suhbatidagi oʻz chiqishini ana shunday purmaʼno gaplar bilan boshladi. Har bir inson sogʻlom turmush tarzini yaratishga hissa qoʻshmogʻi uchun avvalo oʻzi ichkilikbozlik, giyohvandlik, turli zararli illatlardan oʻzini yiroq tutmogʻi zarur. Oʻzining ijobiy xususiyatlari bilan boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan odamgina oʻzgalarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsata oladi. Uzoq umr koʻrish, sogʻlom yashab, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish uchun har kim yoshligidan mustahkam poydevor yaratishi kerak – dedi tajribali shifokor oʻz soʻzida.

Biz soʻz yuritayotgan 2-sonli umumtaʼlim maktabining maʼrifiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Ahmad Nafasov maktabdagi faoliyat yuritayotgan ijodiy toʻgaraklar haqida aytib oʻtdi. Yaqinda tumandagi maktab oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan “Men sevgan badiiy asar” insholar tanlovida mazkur maktabning 11-sinf oʻquvchisi Farida Saʼdullayeva faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi. Ushbu insholar tanlovida faol ishtirok etgan 9 B-sinf oʻquvchisi Muxlisa Qurolboyevaga “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Faxriy yorliq” topshirildi.

Davra suhbati yakunida 2-sonli  umumtaʼlim maktabi direktori Anvar Allambergenov tashkilotchilarning tashrif va fikr-mulohazalari uchun maktab jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

“Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoshlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilishda ota-onalar va mahallaning oʻrni”  mavzusidagi navbatdagi davra suhbati shu yilning dekabr oyi boshida Bobur ovul fuqarolar yigʻinida oʻtkazildi. 

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019