OʻQUVChILARGA DAVLAT XIZMATLARIDAN ELEKTRON FOYDALANISh AFZALLIKLARI TARGʻIB ETILDI
Mamlakatimizda kelajak avlodni har tomonlama barkamol va bilimli qilib tarbiyalashga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari barcha umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchi sinf oʻquvchilarida zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan «Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati» mavzusida oʻquv-seminarlari oʻtkazish amaliyoti joriy etilgan edi. Shunga koʻra, tuman Davlat xizmatlari markazi va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bitiruvchi sinf oʻquvchilarining Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻquv-seminar tashkil etish rejasi tasdiqlangan. Rejaga muvofiq tumandagi barcha umumiy oʻrta maktablarida oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilariga ham «Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish bilim va koʻnikmalarini oshirish» boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.
Tadbirda tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi Umida Safarboyeva, aloqa operatori Joʻrabek Xudoyberganovlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan maʼruza qildilar. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlarning bu boradagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida savol-javoblarga ham keng oʻrin berildi. Oʻquv-seminar davomida oʻquvchi yoshlar davlat xizmatlari, turlari, ulardan elektron foydalanish afzalliklari va qulayliklari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, javoblar olishdi.
Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi yosh avlodning kelajak hayotida muhim oʻrin egallashi shubhasiz. Boisi bugungi kunda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ularning komil inson boʻlib, har sohada yetuk mutaxassis boʻlib yetishiga xizmat qiladi.
Tuman Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatilgan hamda internet tarmogʻi orqali foydalanilgan davlat xizmatlari soni joriy yilning oʻtgan davrida 62 ming 18 tani tashkil qiladi. Shu jumladan 1 ming 533 davlat xizmatidan internet tarmogʻi orqali, 60 ming 485 davlat xizmatlari tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgan.
Davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanishda fuqarolar bir qancha qulayliklar yaratilmoqda. Shu boisdan internet tarmogʻi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish borasida oʻtgan yillarga nisbatan koʻrsatkichlar yuqori darajada. Bunda tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tuman Davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan elektron foydalanish afzalliklari keng targʻib etilayotganligining ulkan oʻrin bor.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶