DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR ÖTKAZILDI
Yurtimizda Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilinganligining 30 yilligi keng nişonlanmoqda. Barça korxona-taşkilotlar, taʼlim muassasalarida uşbu sana munosabati bilan tadbirlar taşkil etilmoqda.
17-noyabr kuni tumandagi 36-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 6-“A” sinfida ham Davlat bayroği qabul qilinganligining 30 yilligiga bağişlab madaniy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Tarix fani öqituvçisi Nurbek Otaxonov hamda sinf rahbari Dilnura Boboniyozova tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbirda öquvçilar faol iştirok etdilar. Tadbirga taşrif buyurgan öqituvçi va öquvçilarni 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun bilan çin dildan tabrikladilar.
Tadbirda ozod va obod Vatanimiz – Özbekiston bayroği uluğ maqsadlar tomon boşlovçi buyuk maşʼala, davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinçligi va barqarorligi timsoli ekanligi alohida taʼkidlab ötildi. Davlat bayroği bugungi Özbekiston hududida qadimda mavjud bölgan davlatlar bilan tarixan boğliqligini anglatişi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini özida mujassamlaştirişi, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uçun mustaqillik, hurlik, tinçlik va barqarorlik timsoli bölib kelganligi, ajdodlarimiz ham yurt bayroğini muqaddas bilib, uni köz qoraçiğidek asraganligi, davlatçiligimiz tarixining barça davrida bayroq ajdodlarimiz uçun ozodlik, kuç-qudrat, jasorat, ğalaba timsoli bölganligi töğrisida söz yuritildi.
Davlat bayroği töğrisidagi qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga bağişlangan tadbirda öquvçilar Vatan, bayroq, tinçlik haqidagi şeʼrlarini faxru-iftixor, çeksiz ğurur bilan ifodali yod aytib berdilar. Öquvçilar sahna körinişlari, qöşiqlar ham ijro etişdi. Dilrabo raqslari bilan bayramga taşrif buyurgan öqituvçi-ustozlar könglini xuşnud qildilar va tadbirga yanada fayz kiritdilar.
Öquvçilar tadbir davomida davlatimiz bayroği haqida öz bilimdonliklarini namoyiş etib, 1991-yilning 18-noyabri «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonun qabul qilingan sana sifatida tariximizga muhrlanganini, uşbu qonunning 2-moddasida «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği Özbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir», deb belgilab qöyilgani xususida sözlab berdilar. Şuningdek, bayroqning körinişini ifodalab, butun uzunligi böylab ötgan töq moviy rang, oq rang va töq yaşil rangli uçta endan tarkib topgan töğri törtburçak şaklidagi mato körinişidagi bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga tengligini gapirib ötişdi. Moviy rang, oq rang va yaşil rangli enlarning kengligi bir xilligi, har bir en 40 santimetrga tengligi, örtasidagi oq rangli enning çetlaridan kengligi 2,5 santimetr bölgan qizil hoşiyalar ötkazilganligini tasvirlab berişdi.
Öquvçi-yoşlar milliy bayroğimizning davlat idora va muassasalari, öquv yurtlari, Özbekiston aʼzo bölgan halqaro taşkilotlar, çet eldagi elçixona va doimiy vakolatxonalarimiz peştoqida hilpirab turişi, xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayroğimiz Vatanimizning şaʼni, xalqimizning ğururini yorqin aks ettirişi, öz qadr-qimmatini, tayançi va suyançini anglagan xalqning milliy timsoli bölgan bayroq hamişa eʼzozlanişini ğurur bilan sözlaşdi.
Kötarinki ruhda ötgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga taşrif buyurganlar Vatanimiz bayroği haqida töliq maʼlumotlar oldilar. Öquvçilarning Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining tasviri, mohiyati, undan foydalaniş qoidalari haqidagi fikr-mulohazalari ham barçaga manzur böldi.
Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶