ESKI ODATINI BOShLAGAN OʻGʻRI YaNA QOʻLGA TUShDI
Shunday insonlar borki, umrini behuda oʻtkazib, oʻziga ziyon keltiruvchi, hayotini izdan chiqaruvchi gunoh ishlar bilan band boʻladilar. Mast qiluvchi ichimliklar ichib lazzatlanidilar, yashashning maʼnosini talonchilik, buzgʻunchilik va oʻgʻirlik bilan shugʻullanish deb biladilar.
Hali yosh boʻlishiga qaramasdan Rashid (ism oʻzgartirilgan) ham 4-marta oʻgʻirlik jinoyatni sodir qilib, jazolanishga ulgurdi. Keyingi sodir qilgan oʻgʻirligi uchun jazolanayotgan Rashidga davlatimiz tomonidan yengillik berilib, oʻtalmagan jazosining 2-yil 6 kun muddatini oylik ish haqining 20 foiz miqdorida davlat foydasiga oʻtkazish yoʻli bilan axloq tuzatish turiga almashtirilgan edi. Ota-onasi, yaqinlari uni toʻgʻri yoʻlga solishga koʻp urinishdi. Har qalay naf berdimi, ishchi qilib joylashtirilgan korxonasida binoyiday ishlay boshladi.
Ammo bu ham uzoqqa bormadi. Oʻrgangan koʻngil, oʻrtansa qoʻymas deganlaridek, eski odatini yana qoʻmsadi. Ayniqsa, qarindoshining toʻyiga borib spirtli ichimlik isteʼmol qilganidan soʻng, ichkilikdan qizigan boshdagi aqlni yoʻqotdi. Kechki sokinlikka choʻmgan koʻchalarni kezib, duch kelgan xonadon devoridan oshdi. Hovliga kirgan Rashid hech kim yoʻqligini, asosiysi uy eshigi qulflanmaganini koʻrib, yanada kuchlandi. Ichkaridagi xonalardan biriga kirdi va narsalarni titkilab, qoʻliga ilingan taqinchoqlar, qoʻl telefoni va boshqa mayda-chuydalarni choʻntaklariga soldi.
Shu paytda uni uy egalaridan biri payqab qoldi va u kelgan joyidan qochishga urindi. Devordan oshirilganida yerga tushayotib oyogʻi qattiq lat yegani pand berib, qoʻlga tushdi.
Toʻgʻri yoʻldan ketib, halol hayot kechirish oʻrniga oʻzini oʻzi zalolatga boshlagan Rashid qilmishining oqibatini oʻylamay, yana yosh umrini xazon qildi. Qonunga muvofiq jinoyat sodir qilganlikda ayblangan bu shaxs beshinchi marotaba jazoga tortildi.
U.Orazbayeva, Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi.
(illyustrativ foto)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶