QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRI OʻRINBOSARI ELMUROD TURSUNOV RAHBARLIGIDA AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI
Joriy yilning 12-noyabr kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vazirining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vaziri oʻrinbosari Tursunov Elmurod Ergashovich boshchiligida oʻtkazilgan sayyor qabulda tumanimiz mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning oʻz murojaatlarini emin-erkin ifoda jtishlari uchun tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan zarur sharoitlar yaratildi.
Sayyor qabulda Vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha boʻlimi boshligʻi Utepov Yesengeldi Berikbayevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi boʻlimi boshligʻi Erkin Rajabov, Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov, Amudaryo tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Nilufar Jumaniyazova, shuningdek, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish Markazi, tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning bandligini taʼminlash borasidagi ariza va murojaatlari, pensiya tayinlash, kredit mablagʻlari olish va jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni undirish, moddiy yordam, nafaqa tayinlash va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularning asosiy qismiga huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vazirligi va tuman Adliya boʻlimi ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vaziri oʻrinbosari Elmurod Tursunov tomonidan Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi bolalikdan 1-guruh nogironligi boʻlgan fuqaroga nogironlik aravachasi berildi. Tuman adliya boʻlimi va tuman yuridik xizmat koʻrsatish Markazi xodimlari Kuyuk koʻpir, Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini hamda Oybek va Navoiy nomli mahallalar fuqarolar yigʻinlarida yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan va kam taʼminlangan oilalar hamda yetim bolalar yashovchi xonadonlarda boʻlishib, ularning ayni damdagi yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Hayotlaridagi muammolarni oʻrganib, ahvolidan xabardor boʻldilar. Tuman Adliya boʻlimi xodimlari, Amudaryo tuman yuridik xizmat koʻrsatish Markazi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi huquqshunoslari tomonidan zarur huquqiy maslahatlar berilib, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish Markazi xodimlari mazkur oilalardagi vaqtincha ishsiz fuqarolarga tushuntirish va tavsiyalar berdilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶