SUD XODIMLARI “YaShIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI” DOIRASIDA KOʻChAT EKISh TADBIRINI OʻTKAZDILAR
Yurtimizda “Yashil makon umummilliy loyihasi” doirasida “Dolzarb 40 kunlik” aktsiyasi davom etmoqda. Aktsiya doirasida ommaviy koʻchat ekish ishlari boʻlib oʻtmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2-noyabr kuni “Aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan” boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi xodimlari ham aktsiya doirasida tadbir oʻtkazishdi. Tadbir davomida sud binosining atrofiga mevali va manzarali koʻchatlarini ekishdi.
Loyiha doirasida daraxt ekish aktsiyasi shahrimiz ekologiyasini tozalash bilan birga atrof-muhitni sogʻlomlashtirishga xizmat qiladi.
J.Urazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶