AYRIM KASB EGALARI MAJBURIY TIBBIY KÖRIKDAN ÖTIŞI ŞART
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining “Majburiy tibbiy qöriqdan ötmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtiriş xavfi mavjud bölgan şaxslarning bajarişi ruxsat etilmaydigan işlar röyxatini tasdiqlaş töğrisida” buyruği qabul qilinib, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan şu yil 2-noyabrda röyxatdan ötkazildi.
Buyruqqa köra majburiy tibbiy körikdan ötmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtiriş xavfi mavjud bölgan şaxslarning bajarişi ruxsat etilmaydigan işlar röyxati tasdiqlandi. Majburiy tibbiy körikdan ötmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtiriş xavfi mavjud bölgan şaxslarning bajarişi ruxsat etilmaydigan işlar röyxatiga davolaş-profilaktika muassasalarida, yaʼni tuğruqxonalar, tuğruq, çaqaloqlar patologiyasi va çala tuğilgan çaqaloqlar bölimlarida çaqaloqlar bilan bevosita muloqotda bölgan holda bajariladigan işlar kiritildi. Bunday işlarni bajaradigan kasblar egalari, yaʼni akuşerka, barça nomdagi tibbiyot hamşiralari, barça mutaxassislikdagi vraçlar, bemorga qaraş böyiça kiçik tibbiyot hamşira, bolalar taomlari va parhez taomlari oşpazi, sanitarkalar, bufetçilar majburiy tibbiy körikdan ötişi şart.
Röyxatga bolalarga xizmat körsatişi mumkin bölgan barça davolaş-profilaktika muassasalari, şu jumladan bolalarga möljallangan soğlomlaştiriş, jismoniy rivojlantiriş, sihatgoh va reabilitatsiya maskanlarida, profilaktoriyalarda bolalar bilan bevosita muloqotda bölgan holda bajariladigan işlar ham kiritilgan. Undan taşqari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari va bolalar uylarida bolalar bilan bevosita muloqotda bölgan holda bajariladigan işlar, maktabgaça yoşdagi bolalarga xizmat körsatişi mumkin bölgan taʼlim va sport muassasalarida, şuningdek, uşbu maqsadlarda taşkil etilgan tögaraklarda bolalar bilan bevosita muloqotda bölgan holda bajariladigan işlar ham uşbu röyxatga olingan.
Mazkur röyxatda nazarda tutilgan işlarda işlovçi şaxslar, yaʼni tarbiyaçilar, barça nomdagi tibbiyot hamşiralari, barça mutaxassislikdagi vraçlar, bemorga qaraş böyiça kiçik tibbiyot hamşira, bolalar taomlari va parhez taomlari oşpazi,bufetçi va sanitarkalar, tögarak rahbari, öqituvçi, logoped, öqituvçi logopedlar belgilangan muddatlarda majburiy tibbiy körikdan ötişlari şart bölib, ular tibbiy körik natijalariga köra sil kasalligiga çalinmagan deb topilgan taqdirdagina, bunday işlarga qöyiladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶