FARZANDLIKKA BOLA OLIShI MUMKIN BOʻLMAGAN ShAXSLAR ROʻYXATI KENGAYTIRILDI
«Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi. Shu yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan ushbu Qonun bilan Oila kodeksiga hamda «Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonunga muvofiq farzandlikka olishi mumkin boʻlmagan shaxslar roʻyxati kengaytirildi.
Farzandlikka olishi mumkin boʻlmagan shaxslar toifasiga ilgari ayrim jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilinganlar kiradi. Yaʼni, hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar hamda hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar (bundan tuhmat va haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlarni (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno) sodir etgan shaxslar farzandlikka olishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shuningdek, tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzgalarning mol-mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish bilan bogʻliq, boshqaruv tartibiga, odil sudlovga qarshi, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash kabi jinoyatlar sodir etgan shaxslar ham shu toifaga kiradi.
Mazkur Qonunda farzandlikka olish mumkin boʻlmaganlar toifasi batafsil koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam boʻlmasligi shart qilib belgilangan, bundan oʻgay ota va oʻgay ona yoki farzandlikka oluvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.
N.JumaniYozova, tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶