KITOBXON YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni mutolaaga undash kabi vazifalar ayni davrda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
3-noyabr kuni OʻzMTDP tuman Kengashi tomonidan 2-sonli kasb-hunar maktabida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida kitobxon yoshlar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Unda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlik saviyasi hamda uni shakllantirish yoʻlida bugun axborot-resurs va kutubxona markazlari oldida turgan vazifalar xususida soʻz bordi. Yoshlarga kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytirishi, yaxshi kitob oʻqigan sari kishida hayotga oʻzgacha bir nazar bilan qarash boshlanishi, muxtasar qilib aytganda, kitob insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisida gapirilib, oʻquvchi-yoshlar kitobxonlikka yanada qiziqtirildi.
Davra suhbati davomida oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan badiiy asarlar, taassurotlari haqida ham soʻzladilar.
Fotima Eshimbetova, OʻzMTDP tuman Kengashi ijrochi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶