25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:01
Jamiyat 👁 251

DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Tumanimizda faoliyat olib borayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi doirasida mahallalar va umumtaʼlim maktablarida, korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda.

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish maqsadida tumanimizdagi 17-sonli umumtaʼlim maktabida navbatdagi davra  suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida shifokorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, faol yoshlar, mahalla imomlari ishtirok etdilar.

Maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari davra suhbatida jam boʻldilar.

Davra suhbatida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi. Ularning chuqur bilim olishi, dunyoviy bilimlarni oʻrganishi, oʻzi sevgan kasbini egallashi uchun maktab oʻquvchisi paytidayoq ishonchi qadam qoʻyishi uchun barcha qulayliklar yaratib qoʻyilganligini taʼkidladi.

Yoshlarning har tomonlama maʼnaviy yetuk insonlar boʻlib yetishishiga koʻmaklashish uchun koʻplab maʼnaviy tadbirlar, el sevgan sanʼatkorlar, yetuk olimlar, atoqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Tumanimizda ayniqsa adabiyotsevar, badiiy ijod bilan shugʻullanuvchi yoshlar uchun ulkan imkoniyat eshiklari ochiq. Yoshlarimizning qalamiga mansub sheʼrlar, hikoyalar va boshqa turdagi ijod namunalari “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalarida muntazam yoritib borilmoqda. Amudaryo televideniyesi orqali yoshlar hayotiga oid koʻrsatuvlar tayyorlanib borilmoqda. Bundan tashqari amunews.uz veb-sayti faoliyat yuritmoqda.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi qoshida tashkil etilgan nashriyot tumanimizning barcha yoshdagi ijodkorlarining kitoblarini chop etib qalam soxiblarini elga tanitib kelmoqda.

Yaqinda eʼlon qilingan “Men sevgan badiiy asar” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi ham maktab oʻquvchilari orasida oʻtkir zehnli? ijodkor yoshlarning juda koʻp ekanligini namoyon qildi.

Davra suhbatida ishtirok etgan tuman Nibbiyot birlashmasi shifokori Matyoqub Ernazarov mustahkam salomatlik madaniy-maʼnaviy turmushimizning  negizi ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Haqiqat ham faqat salomat insongina madaniy-maʼrifiy ishlar uchun oʻz kuch-qudratini sarflay oladi. Giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizlik kabi illatlar esa maʼnaviy turmushimizga yot boʻlgan koʻrinishlardir. Shifokor oʻz soʻzida bu insoniyatga yot illatlarning odamzodning hayot tarziga, yoshlarning kelajagi uchun qanchalik zararli ekanligiga barchaning eʼtiborini qaratdi.

“Bir mahalla yetti bolaga ota-ona” degan gaplar bejiz aytilmagan. Yoshlar tarbiyasida  ota-onalar, mahallaning oʻrni beqiyos.

Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash  boʻlimi mutaxassisi Rahmonjon Bobojonovning yoshlar bilan suhbati kundalik turmushimizning ana shu muhim qirralariga qaratildi.

35-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi, yosh shoira Barno Samandarova ham shu mahallada yashaydi. Hozirning oʻzida “Ilk parvozim”, “Mehr” deb nomlangan sheʼriy toʻplamlari bilan tumanimiz sheʼriyat ixlosmandlariga tanilib ulgurgan Barno davra suhbati ishtirokchilari boʻlgan oʻz tengqurlariga oʻzining ijodiy faoliyati, maktabdagi oʻqishlari haqida gapirib berdi. Barno hozirgi kunda uchinchi sheʼriy toʻplamini ham nashrga tayyorlamoqda. Ijodiy ishlari bilan bir qatorda maktabda aʼlo baholarga oʻqimoqda. Turli fanlar olimpiadalarida ishtirok etib rus, ingliz, turk tillarini ham mukammal oʻrganmoqda.

Uchrashuv soʻngida Barno Samandarova oʻzining sheʼriy toʻplamlaridan 17-sonli maktab kutubxonasiga sovgʻa qildi. Uchrashuv erkin suhbat, oshkora muloqot tarzida qiziqarli oʻtdi. Davra suhbati ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

Oʻ.REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026