18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 19:15
Jamiyat 👁 347

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazishdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazishdi

 28-oktyabr kuni Amudaryo tumani muhandislik texnikumida yoshlarni qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlariga qarshi kurashish maqsadida tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Jasur Oʻrazboyev, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov, tuman prokurori yordamchisi Abbos Niyozimbetov, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Nilufar Jumaniyazova, «Madad» muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti Amudaryo tumanidagi huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Davron Pirmanov, tuman IIB voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixolog Oʻktam Sitboyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori Miyirbek Uzaqbergenovlar ishtirok etdilar.

Muhandislik texnikumida taʼlim olayotgan bir guruh yoshlarni jalb qilgan holda tashkil etilgan uchrashuvda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Jasur Oʻrazboyev yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va omillar, turli jinoyatlarning salbiy oqibatlari, jinoyatlar boʻyicha qatʼiy javobgarlik belgilanishi xususida atroflicha maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalasi bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor  yoʻnalishlaridan biridir. Shu maʼnoda mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birga jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida tashkil etilayotgan targʻibot-tashviqot ishlari salmogʻi tobora ortib bormoqda.

Tumanimiz yoshlari bilan oʻtkazilgan targʻibot uchrashuvida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Otamuratov yoshlar oʻrtasida erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari, oilaviy ajrimlar sonining koʻpayishiga olib kelayotgan omillar, farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyatlari xususida keng turda tushunchalar berib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Nilufar Jumaniyazova Davlatimiz rahbarining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan shahar va tuman adliya boʻlimlari huzurida davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etilganligi, shuningdek, shu yil 1-oktyabrdan Amudaryo tumanida ham Yuridik xizmat koʻrsatish markazi oʻz faoliyatini boshlaganligi haqida maʼlumot berib, yoshlarga huquqiy maslahat va koʻmak lozim boʻlsa, markazga murojaat qilishlari lozimligi hamda markazdagi xodimlarning bu borada samarali faoliyati yoʻlga qoʻyilgani xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarga mehnat qonunchiligidagi qator yangiliklar, yoshlar bandligini taʼminlashda yaratilayotgan imkoniyatlar, kelajak egalari boʻlgan yoshlarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlariga qaratilgan eʼtobor haqida soʻz yuritildi. Yoshlar turli masalalar boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga aniq javoblar oldilar hamda qiziqishlari, ozru-istak va maqsadlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026