Yagona portal orqali biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirib, vaqtingiz hamda mablag‘laringizni tejang!
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona portal tizimiga yangi xizmat joriy etildi. Fuqarolarimiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
1. Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi.
2. So‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboriladi.
3. Ariza yuborganidan so‘ng Arizachi Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki ayrim davlat xizmatlari markazlari) biografik ma’lumotlarini tizimga kiritish, shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘ish va shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga olish uchun borishi kerak.
Xizmat ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar!
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti;
- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
- O‘zbekiston Respblikasi fuqarosining ID kartasi;
- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi.
ID kartani ro’yxatdan o’tkazish 1 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. ID-kartani rasmiylashtirish uchun “Davlat boji to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
A.Tursunboyev, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶