KOʻChMAS MULK OBʼEKTINING KADASTR PASPORTI PLASTIK ShAKLDA BERILMOQDA
Endilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ham plastik shaklda tayyorlanadigan koʻchmas mulk obʼekti kadastr pasportini olish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2020-yil 1-martdan boshlab, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida, 2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda bosqichma-bosqich koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk obʼektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash boʻyicha murojaat qilinganda, ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti berilishi belgilangan edi.
Hozirgi kunda respublikamizning barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga plastik shaklda tayyorlanadigan koʻchmas mulk obʼekti kadastr pasportini berish uskunasi oʻrnatilib, ushbu xizmatning koʻrsatilishi taʼminlandi.
Kadastr pasporti elektron koʻrinishga ega boʻlib, koʻchmas mulk obʼekti toʻgʻrisida barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan, kadastr raqami, koʻchmas mulk obʼektining egasi, JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami), koʻchmas mulk obʼektining turi, kadastr sxemasi va hokazo.
Mansur Sadikov, Tuman davlat xizmatlari markazi direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶