25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:35
Jamiyat 👁 230

Ehtiyojmand aholi xonadonlariga koʻmir tarqatildi

Ehtiyojmand aholi xonadonlariga koʻmir tarqatildi

Soʻnggi oylarda butun mamlakatimiz boʻylab hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Mavsumni betalofat oʻtkazish maqsadida kommunal sohaga dahldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrildi. Xususan, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida kommunal soha tashkilotlari xodimlari mavsum oldidan belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq qator ishlarni amalga oshirdilar.

Amudaryo tumanida ham 2021-2022-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tizimli ishlar tashkil qilindi. Barcha ijtimoy soha obektlari, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash sohasi obʼektlari, koʻp qavatli turar joy binolaridagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni oʻz vaqtida bartaraf qilish yuzasidan qurilish-taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Kuz-qish mavsumida aholining issiqlik va elektr energiyalarga boʻlgan talabi va ehtiyoji yanada ortadi. Mavsumga tayyorgarlik borasida olib borilgan tizimli ishlar natijasida aholini issiqlik energiyasi hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashda mavjud muammolarni bartaraf qilishga hamda bu borada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tumanda 2021-2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida aholini hamda ijtimoiy soha obʼektlarini koʻmir bilan taʼminlash borasidagi ishlar ham rejali tarzda amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanda aholiga 9963 tonna koʻmir yetkazib berish boʻyicha reja belgilangan boʻlib, joriy yilning 20-oktyabr holatiga jami 6465 tonna koʻmir mahsuloti aholi xonadonlariga tarqatilgan. Ayni paytda reja asosida koʻmir mahsulotlarini aholi xonadonlariga tarqatish ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, pandemiya sharoitida tumandagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda ularning kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazishlariga amaliy yordam berish borasida ham qator ishlar qilinmoqda. Tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy yordamga muhtoj, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ehtiyojmand oilalar, yakka-yolgʻiz keksalar, moddiy koʻmakka muhtoj oilalar yanada qoʻllab-quvvatlanib, kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan bogʻliq muammolarga duch kelishlarining oldini olish maqsadida ehtiyojmand oilalarga koʻmir mahsulotlari tarqatildi.

Tumandagi barcha ijtimoiy soha obʼektlariga kuz-qish mavsumi uchun koʻmir yetkazib berish boʻyicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan,  ijtimoiy soha obʼektlariga jami 3088 tonna koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, 20-oktyabr holatiga reja 81,5 foizga bajarilgan, yaʼni 2516 tonna koʻmir tarqatilgan.

Shundan tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga 1675 tonna, Tibbiyot birlashmasiga 260 tonna, Maktabgacha taʼlim boʻlimiga 525 tonna, kasb-hunar maktablariga 56 tonna, madaniyat obʼektlariga 72 tonna koʻmir tarqatilgan.

Tumandagi aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlariga tarqatilgan koʻmir jami 8981 tonna boʻlib, bu boradagi reja 68,8 foizga bajarilgan. Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish borasidagi bu kabi samarali ishlar davom ettirilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026