Oʻzimning tilim
Bobomlardan meros qolgan bu tilim,
Shu tilda muloqot aylagan elim,
Kitoblar yozilgan irfon-u ilm,
Oʻzbegim tilisan, oʻzimning tilim!
Seni tanitgandir Alisher bobom,
Ertaklar aytardi biz uchun momom,
Shu tilda yechilar borliq muammom
Oʻzbegim tilisan, oʻzimning tilim!
Seni chetga surdi rusning zaboni,
Ruscha yeyilardi toʻylarning noni,
Hatto ruscha boʻldi farzandlar nomi
Oʻzbegim tilisan, oʻzimning tilim!
Oʻzliging tiklading oqibat - oxir,
Yoʻlingda boʻlsa ham toshlaring chagʻir.
Gʻalaba kelmagan oʻzidan, axir,
Oʻzbegim tilisan oʻzimning tilim!
Xali qoʻmsaganlar oʻzganing tilin
Topilib qoladi, asli beilm,
Shunday insonlardan uzoqroq yuring
Oʻzbegim tilisan, oʻzimning tilim!
Istiqlol tikladi oxir, nihoyat,
Oʻqidik kitoblar, alyorlar gʻoyat,
Tarjima qilingan Qurʼon, nihoyat
Oʻzbegim tilisan, oʻzimning tilim!
Sening taʼrifinga ojizdir qalam,
Shunday azizdursan tilim - mukarram,
Qancha qadrlasam boʻlar deyman kam
Oʻzbegim tilisan, oʻzimning tilim!
Farhod Avaz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶