QIZLAR HAFTALIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR KENG MIQYoSDA OʻTKAZILDI
Tumanimiz hududida 11-16-oktyabr kunlari davomida qizlar haftaligi tadbirlari oʻtkazildi.
16-oktyabr kuni haftalik doirasida Oq oltin ovuli hududidagi 50-sonli maktabda ham “Iqtidorli qizlar” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirga hududdagi 41-, 50-, va 7-sonli maktabning iqtidorli qizlari qatnashdi. Ushbu tadbir ovul qizlarining hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish, erta turmush qurishning oldini olish, yoshlarni kasbga toʻgʻri yoʻnaltirish holatlarini oʻrganish, iqtidorli qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijod qilishlari, oʻz ustida ishlashlari uchun sharoit yaratish va bu qizlar erishayotgan yutuqlari bilan tengdoshlarini tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda qizlar oʻzlariniing sport, fan, rassomchilik, kashtachilik, milliy liboslar tikish, chet tillarni bilish mahorati, koʻp kitob oʻqish, sheʼr yod bilish, ijodkorlik qobiliyatlarini namoyish qilishdi.
Tadbirda ishtirok etgan 41-maktab oʻquvchilari sportning gandbol turi boʻyicha Oʻzbekiston miqyosidagi musobakada ishtirok etib, kumush medal olishga sazovor boʻlgan Shaydo Rajabova, ingliz tili boʻyicha mukammal oʻzlashtirish darajasiga intilayotgan iqtidorli qiz Sarvara Matyakubova, ona tili va adabiyot fani boʻyicha Fan olimpiadasining Qoraqalpogʻiston bosqichiga yoʻllanma olgan Shaxzoda Bozorboyevalarga havas qilsa arzigulik. Shuningdek, 7-maktabdan oʻquvchilari boʻlgan tikish va toʻqish boʻyicha oʻtkazilgan konkurslarda yaxshi natijalarni qoʻlga kiritgan Gulsanam Hayitboyeva va Madina Bozorboyevalar, eng koʻp kitob oʻqish boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyish etgan Sabina Allamberganovalar erishgan yutuqlar ham tengdoshlarining nihoyatda havasini keltirdi.
Turli sohalarda muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritayotgan qizlarga Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini tomonidan faxriy yorliqlar berildi.
Z.Sadaddinova, “Ok oltin” ovul fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶