HARBIY XIZMATChILAR MUZEYDA TUMANIMIZ TARIXI BILAN TANIShDI
Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra, harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasini, intellektual salohiyatini yuksaltirish, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va anʼanalarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirish kabilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yaqinda tumandagi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohatga kelgan harbiy xizmatchilar Amudaryo, Mangʻit tarixi toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Ushbu sayohat turli hududlardan kelib xizmat burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning Amudaryo tumani haqida keng tasavvurga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.
H.Xoʻjaniyozov,
DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶