25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:01
Jamiyat 👁 330

Choykoʻl ovulida yoʻl-transport hodisasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Choykoʻl ovulida yoʻl-transport hodisasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Soʻnggi yillarda butun dunyoda aholi sonining tobora ortib borayotgani tufayli insonlarning transport vositalaridan foydalanish ehtiyojlarining oshishiga olib kelmoqda. Avtotransport vositalariga boʻlgan talab va ehtiyojning oshishi esa yoʻllarda haydovchi hamda piyodalarning harakatlanishlarida koʻplab noqulayliklar hamda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Achinarlisi shundaki, olib borilayotgan profilaktika tadbirlariga qaramasdan, avtoulov boshqaruvchilarining avtotransport vositalaridan notoʻgʻri foydalanishlanishlari, haydovchi va piyodalarning eʼtiborsizliklari oqibatida natijasi ogʻir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining sodir etilishi holatlari tobora ortib bormoqda. Jabrlanganlarning asosiy toifasini bolalar tashkil qilishi esa kishi koʻnglini xira qiladi. Maʼlumotlarga koʻra, har yili mamlakat koʻchalarida va yoʻllarida minglab voyaga yetmagan yoʻl harakati ishtirokchilari halok boʻlishadi va jarohat olishadi.

Joriy yilning 9-oktyabr sanasida Amudaryo tumani Choykoʻl ovulida ana shunday ayanchli oqibatga olib kelgan yoʻl-transport hodisasi muhokamasi boʻlib oʻtdi. Muhokamada tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldashev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, tuman Yoʻl-harakati xavfsizligi guruhi boshligʻi Dilshod Aminov, ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari, ovul faollari ishtirok etdilar.

Mazkur yigʻilishda joriy yilning 8-oktyabr kuni Toshyop ovulida yashovchi fuqarolardan biri turmush oʻrtogʻi nomida boʻlgan “Spark” rusumli avtotransport vositasini spirtli ichimlik ichgan holda boshqarishi natijasida Choykoʻl ovuli hududidan oʻtgan yoʻlda boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasiga urilib, yoʻl transport hodisasi sodir etganligi holati muhokama qilindi.

Muhokamada qayd etilishicha, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Spark” rusumli transport vositasida yoʻlovchi sifatida harakatlanayotgan, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan shaxsning 11 yoshli voyaga yetmagan farzandi avtohalokat qurboni boʻlgan. Yigʻilishda bu kabi ayanchli oqibatlarga olib keluvchi yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish borasida profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish lozimligi, har bir fuqaro yoʻllarda kelib chiqayotgan halokatlarni kamaytirishda oʻz hissasini qoʻshishi lozimligi, ovul va mahallalarda bu borada tushuntirish va targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, bu kabi yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining asosiy omillaridan biri yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik hisoblanadi. Transport vositalari boshqaruvchilarining yoʻl harakati taqiqlangan signalga oʻtish, taqiqlangan joylarda quvib oʻtish, mast holatda avtoulovni boshqarish, belgilangan tezlikka amal qilmaslik kabi yoʻl harakati qoidalarini buzishlari oqibati ayanchli boʻlgan avtohalokatlarni keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, piyodalar tomonidan ham yoʻl belgilariga va svetoforlarga eʼtibor bermasliklari, piyodalar oʻtish yoʻlaklarida harakatlanmasliklari kabi yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari natijasida ham koʻplab yoʻl-transport hodisalari kelib chiqmoqda.

Muhokama mobaynida masʼullar yoʻl transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarning yanada oshirilishi zarurligi xususida toʻxtalib, sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi, unga imkon bergan shart-sharoitlar va sabablarni atroflicha muhokama qildilar. Fuqarolarning bu boradagi fikr-mulohazalar  hamda takliflari tinglandi. 

Aziz yurtdoshlar, yoʻlga chiqqan har bir harakat ishtirokchisi sifatida oʻz zimmamizdagi masʼuliyatni chuqur his qilib, belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya  etgan holda harakatlanaylik. Ana shundagina yoʻllarimizda sodir etilishi mumkin boʻlgan noxush holatlarning oldini olishga oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026