Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi aholiga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini koʻrsatib, samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz tomonidan joriy yil boshidan aholiga jami 59 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan ancha koʻtarilgan.
Markazda tadbirkorlik subektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda tizimli ishlar olib borilayotgan boʻlib, joriy yilning shu davriga qadar 600 nafardan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar, 200 dan ortiq yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Aytish kerakki, joriy yilning sentyabr oyida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini trasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan davlat xizmatlari roʻyxatiga yangi xizmatlar kiritilishi fuqarolarga keng qulayliklar yaratib, ularning qator muammolari hamda murojaatlariga bitta maskan - Davlat xizmatlari markazlari orqali yechim topishlariga zamin yaratdi.
Qayd etish joizki, tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ham qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Markaz xodimlari tomonidan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha bekletlar, qator qoʻllanmalar ishlab chiqilib, keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Bu boradagi tizimli chora-tadbirlar samarasi oʻlaroq, fuqarolarning davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish koʻrsatkichlari oʻtgan yilga nisbatan salkam ikki barobar oshgan.
Shu bilan birga tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari shahar markazidan olis hududlarga borib, fuqarolarga sayyor tarzda ham davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil etib kelmoqdalar. Bu esa insonlarning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilib, qator qulayliklarni yaratmoqda.
Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶