YaNGI TAShKIL ETILGAN YuRIDIK XIZMAT KOʻRSATISh MARKAZI FAOLIYaTI XUSUSIDA TUShUNChALAR BERILDI
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror bilan shahar va tuman adliya boʻlimlari huzurida davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etildi. Qarorga asosan shu yil 1-oktyabrdan Amudaryo tumanida ham Yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyat boshladi.
6-oktyabr kuni tuman hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ushbu markaz faoliyati, yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot, keng tushunchalar berildi.
Tuman hokimligi, Adliya boʻlimi masʼullari ishtirok etgan mazkur yigʻilishda Yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga boʻysunmasligi, toʻla mustaqil faoliyat olib borishi, natijada davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik, qonun ustuvorligini taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilishi taʼkidlandi. Shuningdek, tumandagi Markazda 6ta shtat birligida markaz boshligʻi va 5 ta bosh yuriskonsultlar yuqoridagi Qaror bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi Nizom asosida faoliyat yuritishi maʼlum qilindi.
Markaz tomonidan Moliya, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Irrigatsiya, Qurilish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari, Tibbiyot birlashmasi, Davlat oʻrmon xoʻjaligi, Obodonlashtirish boshqarmasi kabi davlat organlari va tashkilotlarining tuman boʻlinmalariga yuridik xizmatlar koʻrsatilishi aytib oʻtildi.
Masʼullar markaz tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilish tartibi, asosiy vazifalari haqida ham batafsil maʼlumotlar berishdi.
Yigʻilishda ishtirok etgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman boʻlinmalari masʼullari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, toʻliq javoblar oldilar.
N.Jumaniyozova, tuman Yuristlar markazi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶