USTOZ – HAYoT MEʼMORI
Taʼlim-tarbiya berishda hech ham tolmaydigan, yaxshi inson boʻlib ulgʻayishimiz uchun mehnat qiladigan ustozlarimizni ota-onamiz kabi ardoqlaymiz.
Ustozlarning beradigan beminnat bilimlari tufayli biz hayotdan zavqlanib yashashni, sodiq doʻstlar orttirishni, olam va odamlarga bogʻliq hodisalar mohiyatini anglashni, tuygʻularning rangin qirralarini his etishni, insonlar bilan goʻzal munosabat va muomalani oʻrganamiz.
Hayotda oʻz oʻrnimizni topishda oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni katta. Ular bizga kitobni sevishni oʻrgatadi. Chunki har qanday sohada yetuk mutaxassis, hayotda komil inson boʻlib yetishishimiz uchun ham eng avvalo bilim, aql-zakovat, tarbiya zarur.
Maktab ostonasiga ilk qadam qoʻyayotgan onlarimizda qoʻlimizdan tutib, oʻz farzandlari kabi suyib, mehr berib, toʻgʻri yoʻlga yetaklovchi zot boʻlmish ustozlarimizdan bir umrga qarzdormiz. Ustozlar quyosh yangligʻ porloq, ularning yuzlarida quyosh aks etadi. Ularning har bir soʻzida olam-olam maʼno mujassam...
Quyoshsiz butun borliqni tasavvur qila olmaganimizdek, ustoz va murabbiylarsiz hayotni tasavvur qilolmaymiz. Quyoshsiz hayot qorongʻi boʻlsa, ustozlarsiz butun borliq gʻarib va hissizdir. Shunday ekan, eng mashaqqatli kasb egalari boʻlmish ustoz va murabbiylar baxtimizga hamisha sogʻ boʻlib, hayotimizni nurga toʻldirsin.
Shahlo Yangiboyeva,
40-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶