Tuman yangiliklari
Yoʻl qoidasi - umr foydasidir
Tumanimizdagi 48-sonli maktabning "Chorraha” jamoasi Jizzax viloyatining soʻlim Zomin tumanida boʻlib oʻtgan yosh avtonazoratchilarning respublika anʼanaviy anjumanida ishtirok etib, sovrinli 2-oʻrinni egallashdi.
Jamoaning bunday yutuqlarga erishishida Anvar Yusupov, Ilhom Qalandarov kabi ustozlarning hissasi katta boʻldi.
Mehr-muruvvat koʻrsatildi
Tumanimizdagi "Bektemir Jumatov” nomli fermer xoʻjaligida ham bu yil gʻalladan moʻl hosil yetishtirildi. 24 gektar maydonning har gektaridan 24 tsentnerdan jami 57 tonnadan ortiq hosil olindi.
Muborak Ramazon oyida yetishtirilgan hosilning 1,2 tonnasi "Ayoqchi” mahallasida yashovchi 21 ta kam taʼminlangan oilalarga tarqatib berildi. Mahalla ahli bu mehr-muruvvatdan mamnun.
Gʻoʻza parvarishida navbatdagi tadbir
"Doʻrman" ovulidagi "Beshboyev Qurbongʻali" fermer xoʻjaligida tumanimizda birinchi boʻlib gʻoʻza nihollarining oʻsish nuqtasini chilpish ishlari boshlandi.
Xoʻjalik aʼzolari tomonidan 67 gektar maydonga ekilgan nihollarni chekanka qilish ishlari qisqa fursatda yakunlanib, yuksak xirmon bunyod etishga zamin hozirlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶