FAROVON MAHALLASIDA OChIQ SAYYoR SUD OʻTKAZILDI
Farovon mahallasida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
24-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu sayyor sudda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi J.Urazboyev, sudya yordamchisi E.Jumaniyozov hamda mahalla faollari, fuqarolar qatnashishdi.
Ochiq sayyor sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan kelib tushgan yigirma besh nafar fuqaroga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlari koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasi (Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish) talablarini buzganlik boʻyicha toʻplangan ish materiallari oʻrganilib, xuquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrildi.
Shuning bilan birga mahalla faollari va keng jamoatchilikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish tartibi hamda saylov qonunchiligi boʻyicha tushunchalar berildi va ochiq muloqot oʻtkazilib, savollarga toʻliq javoblar berildi.
J.Urazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶