SUD MASʼULLARI MAHALLALARDA UChRAShUVLAR OʻTKAZIShDI
Nukus shahridagi Gulzar, Botanika bogʻi, Jiydeli baysin, Naoʻqan bagʻ va Shimbay shayxana mahallalarida sud masʼullarining uchrashuvlari oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqargʻi Kengesi raisi M.Kamolovlar tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 24-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvlarda hudud fuqarolari ishtirok etdilar.
Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi M.Karimbayeva tomonidan “Yoʻl xaritasi”ga koʻra fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mazkur tadbirlarda hukuqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi OʻRQ-708-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi “Intellektual mulk obʼektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgrisida”gi OʻRQ-709-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ham batafsil maʼlumot berildi. Bu borada doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim va shart boʻlgan chora-tadbirlar, vazifalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi mavjud muammolar ham oʻrganib chiqildi.
Fuqarolar sud masʼullariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.
M.Karimbayeva, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶