Yoshlar ishtirokida “Harbiychasiga 50 qadam!” shiori ostida marafon oʻtkazildi
Oʻzbek xalqining ajoyib orzu-niyatlari bor-da. Oilada oʻgʻil farzand dunyoga kelsa: “Oʻgʻil muborak!” deyishdan oldin “askar qutlugʻ boʻlsin!” deya biri-birini tabriklashadi. Ana shu ezgu tilakning zamiridaxalqimizning ulkan orzulari, ezgu niyatlari mujassam. Onaning koʻngli xotirjam, otaning koʻkragi baland boʻladi bundan va oʻgʻil ulgʻaygan sari, ona yurtiga sodiq farzand tarbiyalash orzusi bilan yashaydilar. Shuning uchun hamsevimli shoirimiz Gʻafur Gʻulom: “Yigit omon boʻlsa xavf-u xatar yoq”, deb baralla kuylaganlar. Boʻyga yetgan oʻgʻlonlarning deyarli barchasi ona Vatan himoyachisi boʻlish, hech boʻlmasa, bir marta harbiy libos kiyish orzusida yashashadi. Buni biz – Amudaryo tumanidagi DXX chegara qoʻshinlari tomonidan turli bayram sanalarida oʻtkazilayotgan bayram tadbirlarida kuzatib, yoshlarning qalbidagi vatanparvarlik, ona yurtiga sadoqat tuygʻularining kuchliligidan faxrlanamiz.
Mustaqilligimizning shonli 30 yilligiga bagʻishlab, DXX chegara qoʻshinlari zobit va askarlari tomonidan Qilichboy mavzesidagi Qilichboy OFY hamda Ayoqchi MFYlarida istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning ota-onalari, keksa avlod vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda mustaqil Vatanimizning buguni va kelajagi haqida soʻz yuritildi. Ayniqsa, harbiy zobitlar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ularning harbiy sohani egallashlari uchun mavjud oliy harbiy bilim yurtlari, maxsus litseylar, “Temurbeklar maktabi” va ulardagi jahon andozalariga mos olib borilayotgan oʻquv mashgʻulotlari haqida yoshlarga keng tushuncha va maʼlumotlar berdilar hamda yoshlar bilan samimiy muloqot oʻtkazdilar.
Shundan soʻng, yoshlarni jismonan baquvvat, kuchli va irodali boʻlishga undovchi “Harbiychasiga ellik qadam!” shiori ostida harbiy safda qadam tashlab yurish boʻyicha marafon tashkil etilib, unda Qilichboy OFY va Ayoqchi MFYda istiqomat qiluvchi barcha xohlovchi yoshlar ishtirok etishdi. Marafon oʻzaro ahillik, jangovorlik va vatanparvarlik ruhida oʻtdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga DXX chegara qoʻshinlasri qoʻriqlash brigadasi komandiri nomidan tashakkurnomalar taqdim qilindi.
Yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik gʻoyalariga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, jismonan baquvvat hamda ularning kuchli iroda egalari sifatida kamol topishlariga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchi yoshlar qalbidagi harbiy hayotga havasni yanada kuchaytirgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Otabek Mahmudov, DXX chegara qoʻshinlari harbiy ximatchisi, 1-darajali serjant.
Foto: https://milliygvardiya.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶