Qadriyatlarimiz qadr topmoqda
Istiqlol tufayli jannat-makon mamlakatimizda islom dini ravnaqi yölida keng imkoniyatlar oçildi. Eʼtiqod erkinligi qonuniy ravişda kafolatlab qöyildi. Barça milliy va diniy qadriyatlar tiklandi, masjid va madrasalarning binolari, islom olamiga oid nodir tarixiy manbalar, osori atiqalar musulmonlarga qaytarib berildi. Ularning emin-erkin ibodat qilişlari, diniy taʼlim olişlari, diniy adabiyotlarni naşr etişlari va ommaviy axborot vositalaridan bahramand bölişlari uçun barça şaroitlar yaratildi. Ramazon xayiti va Qurbon hayitlarining birinçi kunlari dam oliş kunlari deb belgilanib, bayram sifatida eʼlon qilindi.
"2014-yil – Soğlom bolayili”da Ramazon oyi munosabati bilan boy milliy qadriyatlar va anʼanalarimizni keng tarğib qiliş, fuqarolar örtasida mehr-muruvvat, özaro yordam, saxovat kabi tuyğularning yanada namoyon bölişiga erişiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oşirilayotgan işlar uçun Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 24-iyunda qabul qilingan "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi Qarori muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda. Muborak oyni bayramona ötkaziş, obodonlaştiriş va xayriya tadbirlarida aholi, ayniqsa, yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş, xalqimizga xos döstlik va mehr-oqibat tuyğularini uluğlaşga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar olib borilayotganini alohida taʼkidlaş zarur.
Ramazon oyi bilan boğliq tadbirlar doirasida yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarda taroveh namozlari tinçlik-osoyiştalik, hamjihatlik, özaro hurmat va bağrikenglikda ado etilmoqda, xatmi Qurʼonlar qilinmoqda. Şu bilan birga uşbu muborak oyni ğanimat bilib, yurtdoşlarimiz ezgu işlarni qilişga şoşilgan holda, savob işlarni köpaytirişga, özaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaşga, xalqimizga xos fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni uluğlaşga intilmoqdalar. Bularning barçasi istiqlol şarofati hamda davlatimiz rahbarining milliy va diniy qadriyatlarimiz rivojiga qaratayotgan doimiy eʼtibori tufaylidir.
Alloh taolobarçalarimizni uluğ, aziz mustaqillik neʼmatiga şukurlar aytib, uning yanada mustahkam va bardavom bölişi yölida savobli amallarni qilişimizga nasibi röz aylasin.
Yoqubboy Ahmedov,
"Qöziboy bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶