25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:26
Jamiyat 👁 375

UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI TUMANIMIZDA UYuShQOQLIK BILAN AMALGA OShIRILDI

UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI TUMANIMIZDA UYuShQOQLIK BILAN AMALGA OShIRILDI

Saranjom-sarishtalik, obodlik va tozalik yurtga oʻzgacha fayz, tarovat baxsh etadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi. Shu bois umumxalq bayramlari arafasida butun el ishtirokida umumxalq hasharlari tashkil etiladi.
Joriy yilning 21-avgust sanasi mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari deya eʼlon qilinib, yurtimiz boʻylab barcha hududlarda obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi. “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida oʻtkazilgan xayriya hasharida aholining barcha qatlamlari ishtirok etib, yurtimiz obodligi va farovonligiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Mamlakatimizda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yurtimiz boʻylab, koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning avgust oyi “Mahallalarni  obodonlashtirish” oyligi etib belgilanib, bu borada tizimli ishlar qilinmoqda. Shu asosda yurtimizdagi barcha mahallalarda xonadonlarni, koʻchalarni, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish, tozalash kabi hashar ishlari tashkil etilmoqda.
Amudaryo tumanida ham “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligida samarali ishlar tashkil qilinib, obodonlashtirish xayriya hashari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Tumanimizda tashkil etilgan xayriya hashari doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, koʻp qavatli uylar atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, koʻcha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, obodonlashtirish xayriya hashari doirasida tumanimizdagi yordamga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz yashovchi hamda nogironligi mavjud fuqarolar, keksalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashildi. Mahalla faollari boshchiligida ehtiyojmand kishilarning taʼmirtalab holga kelib qolgan uy-joylarini taʼmirlash ishlari olib borildi, uylari ohaklab berildi.
Ulugʻ ayyom kunlari arafasida amalga oshirilgan bu kabi xayrli ishlar xalqimizning eng ezgu anʼanalaridan biriga aylangan. Koʻngli oʻksik hamyurtlarimiz bu kabi savob amallaridan gʻoyat xursand boʻldilar hamda masʼullarga minnatdorchilik bildirdilar.
Yurtimiz boʻylab tobora yaqinlashayotgan eng ulugʻ va eng aziz bayram –mustaqilligimizning 30 yilligi ayyomini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish xayriya hasharida tumanimizdagi muassasa, korxona-tashkilotlar xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Oʻzlari faoliyat yuritayotgan tashkilot binosi atroflarini tozalab, suvlar sepdilar. Binolar hovlisida ekilgan daraxtlarni oqlab, qurigan shoxlarini kesdilar.
Aytish kerakki, xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biriga aylangan hashar tadbiri barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undaydi. Mazkur tadbirda yosh-u qari bir yoqadan bosh chiqarib, bir-birlariga begʻaraz yordam koʻrsatib, oʻz uyi, mahallasi, ish joyini toza, ozoda saqlashga va obod boʻlishiga hissa qoʻshadilar. Ayniqsa, ulugʻ ayyom kunlarida, bayramlar arafasida bu anʼananing davom etishi, odamlardagi bayramona kayfiyat va koʻtarinkilikni yanada kuchaytiradi.
Mustaqilligimizning 30 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrilayotgan ayni paytda yurtdoshlarimiz mazkur obodonlashtirish xayriya hasharida katta zavq va ishtiyoq, oʻzgacha gʻayrat bilan ishtirok etdilar.

 Tuman hokimligining Axrobot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026