YoShLAR PREZIDENTNING DOIMIY EʼTIBORIDA
Barcha asrlarda mamlakat kelajagi yoshlar boʻlib kelgan. Inqiloblar ham, taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ham yoshlar hisoblangan. Bugungi kunda ham shunday va bu davom etadi.
Birinchi prezidentimiz I. Karimov 2008-yilni “Yoshlar yili” 2010-yilni “Barkamol avlod” yili 2014-yilni “Cogʻlom bola yili” 2021-yilni esa muhtaram Prezidentimiz “Yoshlarni qoʻllab quvvatlash yili” deb nomlagani bejiz emas. 2021-yil 13-iyulda qabul qilingan “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida esa ularga har tomonlama koʻmak berish, imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatib berilgan. “Yoshlar daftari”ning shakllantirilishi esa biz deputatlarni yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga undadi.
Prezidentimiz “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovga bergan inervyusida shu yilning 8 oyi mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilganligini aytib oʻtdilar. Men Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman Kengashi deputati sifatida misol keltirib aytishim mumkinki, partiyamiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarning koʻpchiligi yoshlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
“Yoshlar qanoti” boʻlimi tomonidan bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Partiyamiz tashabbusi bilan 11-sinfgacha oʻqitiladigan “Tarbiya” darsligi chop etildi. Kam taminlangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Xizmat-beminnat”, “Uyma-uy” loyihalari koʻpchilik yoshlarning muammolariga yechim boʻlmoqda. Partiyamizdan koʻrsatilgan nomzod A.Qodirov prezident saylovida ham saylovoldi dasturida asosiy yoʻnalish taʼlim-tarbiyaga eʼtibor ekanligini takidladi.
Haqiqatdan ham yoshlarning barkamol boʻlib ulgʻayishi ularning oilada va maktabda olgan tarbiyasi va bilimiga bogʻliqdir. Bu boradagi ishlarimiz nafaqat izchil davom ettirilmoqda, balki yanada yuqori bosqichga koʻtarilmoqda.
G.Eshimbetova, 6-sonli Olmazor saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶