3 ta fuqarolar yigʻinlariga mebel jamlanmalari topshirildi
Mamlakatimizda aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha «mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla» tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etilib, mahallani xalq bilan davlat oʻrtasida ishonchli «koʻprik» boʻlishini amalda taʼminlash, oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
9-avgust kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sagʻindiq Turmanov ishtirokida tumandagi ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldashev, boʻlim xodimlari hamda Qipchoq ovul, Chordar va Namuna mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari qatnashdilar.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sagʻindiq Turmanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar xususida toʻxtalib, tumandagi Qipchoq ovul hamda Chordara va Namuna mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida ularga mebel jamlanmalari, yaʼni xar bir mahallaga 1 ta rahbar stoli, 2 ta kompyuter stoli, 2 ta shkaf hamda 8 ta stul va kompyuter jamlanmalarini topshirdi.
Amudaryo tumanida joriy yilda tadbirkorlar tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida Boy ovul va Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini binolari qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tumandagi Tosh yop, Toʻlqin, Bobur ovul fuqarolar yigʻinlari binolarini mukammal taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.
“Obod qishloq” dasturi doirasida Xitoy ovul fuqarolar yigʻini binosini mukammal taʼmirlash uchun jami 449 mln soʻm mablagʻ ajratilib, toʻliq taʼmirlash ishlari yakunlangan. Shuningdek, Jumurtov shaharcha, Uyshin mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Qolaversa, tumandagi fuqarolar yigʻinlarining samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha qulayliklar, sharoitlar yaratilgan. 49 ta fuqarolar yigʻinlarida jami 162 ta kompyuter, 125 ta printer va 15 ta telefon apparati bilan taʼminlangan. 2021-yilning oʻzida 24 ta fuqarolar yigʻinlariga kompyuter, 20 ta fuqarolar yigʻinlariga printer, 3 ta fuqarolar yigʻinlariga konditsioner berilgan. Oʻz navbatida barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶