25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:24
Jamiyat 👁 406

Sportchi qizlarga sport kiyimlari topshirildi

Sportchi qizlarga sport kiyimlari topshirildi

Bugungi kunda tumanimiz yoshlari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. Sportning deyarli barcha turlari rivojlanib, sportchilarimiz koʻplab musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Nafaqat oʻgʻil bolalar, balki qizlarimizning ham sport va uning turlariga boʻlgan qiziqishlari yuqori. Sportning futbol turi boʻyicha Amudaryo tumani qizlar termajamoasi bugungi kunda Oʻzbekistondagi eng ilgʻor jamoalardan biri hisoblanib, bellashuvlarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Bularning barchasi tumanimizda sportni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasi, albatta.

Joriy yilning 5-iyul sanasida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, “Tamara Tekstil" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupovalar futbolchi qizlarimiz bilan uchrashdilar. Xolimbeg ovulidagi sport maydonchasida tashkil etilgan uchrashuvda masʼullar sportchi qizlarning erishayotgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularni qiynayotgan muammolar bilan tanishdilar.

Uchrashuv mobaynida “Tamara Tekstil" masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilgan sport kiyimlari 20 nafar sportchi qizlarimizga Toshkent shahrida oʻtkaziladigan musobaqada kiyishlari uchun sovgʻa sifatida topshirildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, 16 yosh qizlar oʻrtasida tumanimiz qizlar futbol terma jamoasi shu kunga qadar qator musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelishmoqda.

Xususan, futbol boʻyicha 16 yosh qizlar orasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati musobaqasida respublikaning "Aral samali" guruhi tarkibida tumanimizning sportchi qizlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tumanimiz shaʼnini himoya qilishmoqda. Sportchi qizlarimiz ishtirokida “Aral samali” jamoasi “Navoiy” jamoasini 7:0 hisobida magʻlub qilgan. Shuningdek, “Aral samali” jamoasi Xorazm jamoasi bilan boʻlgan baxslarda 16:0 hisobida gʻolib boʻlgan. Qolaversa, sportchi qizlarimiz “Aral samali” jamoasining Buxoro jamoasini 7:2  hisobida magʻlub qilishida ham katta hissa qoʻshgan.

Tumanimiz faxriga aylangan sportchi qizlarimiz bilan suhbat mobaynida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova bugungi kunda mamlaklatimizda yoshlarimizning har tomonlama barkamol avlod boʻlib yetishishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, jismoniy tarbiya va sportni yoshlar orasida ommalashtirish, sportga qiziquvchi va sport shugʻullanuvchilari sonini oshirish, sogʻlom turmush tarzini yaratish borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, suhbat chogʻida masʼullar futbolchi qizlarning qiziqishlari, kelgusida orzu-maqsadlari, rejalari bilan oʻrtoqlashdilar, samimiy muloqot yakunida sportchi qizlarning oldindagi musobaqalarida katta omad hamda muvaffaqiyat tiladilar.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026