19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 00:09
Jamiyat 👁 281

Vaktsinatsiya hamda emlanishning afzalliklari haqida matbuot anjumani oʻtkazildi

Vaktsinatsiya hamda emlanishning afzalliklari haqida matbuot anjumani oʻtkazildi

Butun dunyo aholisini sarosimaga solishda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi xavfini kamaytirish, COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish, uning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda. Mamlakatlar taraqqiyotiga asosiy toʻsiq boʻlayotgan pandemiyani yengishda eng asosiy omil bu - aholini koranavirusga qarshi emlash, yaʼni vaktsinatsiyani ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bugunning eng dolzarb masalasi - aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ahamiyati va vaktsinatsiyaning afzalliklarini tushuntirish-targʻibot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida joriy yilning 30-iyul sanasida Amudaryo tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi faollar zalida tashkil etilgan matbuot anjumani “Amudaryo tumanida koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda emlanishning afzalliklari” mavzusida oʻtkazildi.

Matbuot anjumanida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiolog shifokori Gulshod Tojiboyeva, Onalik va bolalik boʻyicha tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori oʻrinbosari Gulshod Yusupova, tibbiyot birlashmasi immunologi shifokori Dilbar Olloberganova, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari vakillari, jurnalistlar hamda qiziquvchilar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Charos Arslonova ochdi hamda olib bordi. Anumanda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologi Gulshod Tojiboyeva tumanda aholini vaktsina bilan emlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.

Epidemiolog Gulshod Tojiboyevaning emlash borasida olib borilayotgan ishlar xususidagi maʼlumotlarini yigʻilganlar katta qiziqish bilan tingladilar. Shundan soʻng anjuman ishtirokchilari mahalliy OAV vakillari, jurnalistlar masʼullarga vaktsinatsiya borasida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Shifokorlar berilgan savollarga toʻliq, misollar bilan javob berdilar.

Matbuot anjumanida “Amudaryo telekanali” xodimi Xosiyat Aytboyeva vaktsinaning inson organizmiga taʼsiri, emlanish orqali virusga qarshi immunitet qancha vaqtgacha organizmda saqlanishi xususida, yosh jurnalist Laylo Alimova vaktsina aynan 18 yoshdan yuqori boʻlgan insonlarga qilinishining sababi hamda aholi emlanayotgan 3 xil vaktsinaning bir-biridan qanday farq qilishi xususida savollar berdilar. Shifokorlar savollar yuzasidan kerakli tushunchalar berdilar.

Shifokorlarning qayd etishicha, shu kunga qadar aholi orasida emlash amalga oshirilgandan soʻng organizmga salbiy taʼsir qilishi holatlari uchramagan.

Yurtdoshlarimizni vaktsinatsiyaning nafaqat oʻzi, balki yaqinlarini koronavirusdan himoya qilishda eng asosiy omil ekanligini toʻgʻri anglab yetgan holda, emlash jarayonida ishtirok etishga chaqiramiz. Zero, har bir kishi oʻz salomatligi uchun eng birinchi navbatda oʻzi masʼul. Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlaning!

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026