25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:47
Jamiyat 👁 182

YoNGʻIN XAVFINING OLDINI OLISh BOʻYIChA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI

YoNGʻIN XAVFINING OLDINI OLISh BOʻYIChA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Hozirda respublika hududida havo haroratining keskin koʻtarilishi natijasida joylarda turli koʻrinishdagi yongʻin holatlari kelib chiqishi kuzatilmoqda. Aholi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tushuntirish-targʻibot ishlari kuchaytirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunida insonlarning hayoti va sogʻligini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish maqsadida umumiy yongʻin xavfsizligi talablari belgilangan boʻlib, aholi vakillariga ushbu qoidalar keng turda tushuntirilmoqda.

Amudaryo tumanida ham Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan bu borada samarali ishlar yoʻlga qoʻyildi.

24-iyul kuni aholi oʻrtasida yongʻin bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil qilindi.

Aytish kerakki, yongʻin kelib chiqish holatlari, ayniqsa, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida koʻp kuzatilmoqda. Boʻlim xodimlari tuman hududidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mangʻit savdo” hamda “Mangʻit metan” avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalarida yongʻinlarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Profilaktik ishlar davomida shoxobchadagi ishchi-xodimlarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari lozimligi, mijozlarga ham doimiy ravishda shoxobcha hududida olov chiqaruvchi uskunalardan, vositalardan foydalanmasliklari zarurligi va chekish mumkin emasligini tushuntirishlari kerakligi taʼkidlandi.
Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan joriy yining shu davriga qadar tuman hududida ehtiyotsizlik, eʼtiborsizlik natijasida 33 ta yongʻin kelib chiqish holatlari kuzatilgan. Shundan 5 tasi avtotransport vositalarida, 8 tasi aholi xonadonlarida, 20 ta yongʻin holati esa molxonalarda kelib chiqqan.
Yongʻin sodir boʻlish holati koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tizimli ishlarni yoʻlga qoʻydi. Tumandagi ovul va mahallalarda ham yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, yongʻin kelib chiqishining asosiy omillari, ularning ayanchli oqibatlari haqida aholiga keng tarzda tushuntirish-targʻibot ishlari ham oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, tumandagi Choykoʻl ovulida aholi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuv ham shu maqsadda tashkil qilindi.

Uchrashuvda masʼullar aholiga yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerakligi, nosoz elektr asboblaridan foydalanishda ehtiyotkor boʻlish lozimligi, bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir rozetkaga birdaniga ulash mumkin emasligi, gugurt kabi olov hosil qiluvchi moddalarni bolalar qoʻli yetmaydigan joylarda saqlash kerakligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yongʻin sodir boʻlib qolsa, uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan holi boʻlishi kerakligi, transport vositalarida harakatlanganda yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarurligi, yonuvchan moddalarni olib yurish taʼqiqlanishi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yoʻlovchilar koʻp vagonda tashish juda xavfli ekanligi, uyda iloji boʻlsa ixcham oʻt oʻchirgich hamda uy telefoni oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari koʻrsatilgan qoʻllanma osigʻliq turishi lozimligi ham tushuntirildi.

Ovul aholisi bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, toʻliq javoblar oldilar. Ayni kunlarda ovul va mahallalarda bu kabi profilaktik tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib borilmoqda.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026