25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:46
Jamiyat 👁 291

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

Qurbon hayiti – xayr-saxovat, mehr-muruvvat ayyomi, diniy va milliy, musulmon olamining ulugʻ bayramidir. Qurbon hayiti hijriy-qamariy taqvimga koʻra zulhijja oyining oʻninchi kunida nishonlanadi. Bu oyning dastlabki toʻqqiz kunidagi ezgu amallar bilan oʻninchi kuni nishonlanadigan hayitga alohida tayyorgarlik koʻriladi. Muqaddas dinimiz taʼlimotiga koʻra, zulhijja kirgandan soʻng inson savobli va ezgu ishlarga koʻproq ahamiyat berishi lozim. Bu kunlarda ulugʻ haj ibodati amalga oshiriladi. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yosh avlod kamoli uchun duolar qilinadi.

Bayram arafasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2021-yilda Oʻzbekistonda Qurbon hayiti namozi oʻqilishi boʻyicha fatvosi eʼlon qilindi. Unga koʻra butun dunyoda hukm surayotgan koronavirus infektsiyasi yana avj olayotganligi sababli kasallik tarqalishining oldini olish, epidemiologik vaziyatni yumshatish maqsadida Qurbon hayiti namozi oʻrniga uyda Zuho namozini oʻqish tavsiya etildi.

Tumanimiz aholisi ham ushbu muqaddas bayramni koʻtarinki ruh, oʻzgacha shukuh bilan kutib olmoqda. Qurbon hayiti arafasida imom-xatiblar tomonidan aholiga imkon qadar kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida qurbonlik goʻshti ehsonlarini tarqatishda karantin talablariga qatʼiy rioya etishi, xayriya va ehson tadbirlarini vaqtincha cheklash kerakligi tavsiya etilmoqda. Shuningdek, yurtdoshlarimizga marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qatʼiy ravishda oʻz xonadonlarida, oila davrasida bajarishi, fotihalarga borishdan hamda oʻtganlarning qabrlarini ziyorat qilishdan kasallikning tarqalish xavfi oʻtgunicha saqlanib turishlari kerakligi tushuntirilmoqda.

Bunday vaziyatda oyat, hadis va sharʼiy qoidalarda koʻrsatilgan tavsiyalarga amal qilishga buyuriladi. Shariat insonga zarar yetish ehtimoli kuchaygan paytda ibodatlarni yengil tarzda bajarishga ruxsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Iyd namozi vojib amal boʻlgani bois bugungiday uzrli holatlarda hayit namozini ado etish soqit boʻladi.

Koronavirus pandemiyasi sabab karantin holatida hayit namozi oʻqilmayotgani uchun qurbonlikni tong otgandan boshlab qilish joiz boʻladi. Yurtdoshlarimiz hayit kuni bomdod namozini oʻqiganlaridan soʻng, quyosh chiqqandan keyin 4 rakat Zuho namozini oʻqib, keyin qurbonlik qilsalar, yanayam savobli boʻladi. Qurbonlik qilish hayitning 3-kuniga qadar davom etadi.

Qurbonlikni uchdan birini tarqatish — bu moddiy jihatdan juda toʻq, badavlat kimsalarga xosdir. Agar oʻrtahol, koʻpchilik bilan istiqomat qilinadigan oila egasi qurbonlik qilsa, u oila aʼzolari bilan qurbonlikni isteʼmol qilishi savobdir. Yaʼni, qurbonlik mohiyatida, avvalo, oilaviy bayram yotadi. Ayrimlar qoʻy soʻyish deganda birga qoʻshib, xudoyi qilishni ham nazarda tutishadi. Bu doim ham toʻgʻri emas. Qurbonlikni soʻyib, avvalo, oilasini, farzandlarini, keksa ota-onasini xursand qilish toʻgʻri amaldir. Uning bir qismini tarqatishga kelsak, bu amal zakot berish imkoniyatiga ega boʻlgan insonlar uchun mustahab, savoblidir.

Yurtimiz boʻylab, ulugʻ bayram – Qurbon hayiti shukuhi kezmoqda. Ushbu kunlar ezgu amallar va insoniy fazilatlarning yanada ziyoda boʻlishiga, oilalarimiz totuvligi, dasturxonlarimiz toʻkinligini koʻproq his qilishga, shukrona aytishga undaydigan savobli, fayz-barakotli ayyomdir. Bugungi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, hayitni imkon qadar xonadonda, oila-aʼzolari bilan birga Qurʼoni Karim oyatlaridan tilovat qilib, oʻtganlarimiz ruhi poklariga baxshida etgan holda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Aziz yurtdoshlar! Ulugʻdan ulugʻ boʻlgan shu muqaddas kunlarda Allohdan yurtimizga tinchlik, xalqimizga salomatlik, tumushimizga farovonlik, fayz-u baraka tilaylik. Qurbon hayiti barchangizga qutlugʻ boʻlsin.

Abdurahmon Matsapoyev, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026